yangi

TikTok akkaunt (profil)'ni o'chirish

TikTok akkaunt (profil)'ni o'chirish

Ushbu maqolada TikTok ijtimoiy tarmog'idan akkauntni o'chirish bo'yicha yo'riqnoma keltirilgan.

Profilni qanday qilib deaktiv qilish mumkin?

  • Profil sahifasida Sozlamalar menyusiga kiring, u ekranni o'ng tomon yuqorisida joylashgan;
  • "Akkauntni boshqarish"'ni tanlang;
  • "Akkauntni o'chirish"ga bosing;

  • Bu yerda shaxsni tekshirish jarayoni mavjud, ya'ni kod so'raladi. U TikTok akkaunt ulangan telefon raqamga keladi. Kodni maxsus qatorga kiriting;
  • "Akkauntni o'chirish" tugmasini bosib tasdiqlang.

Muhim ma'lumot, agar profilni o'chirgandan keyin 30 kun ichida TikTokga o'sha profilga qaytib kirsangiz, "Akkaunt'ni o'chirish" bekor bo'ladi. Agar kirmasangiz, 30 kundan keyin profil tiklab bo'lmaydigan bo'lib o'chib ketadi.

Bundan tashqari, TikTok'da sotib olingan narsalar puli qaytarib berilmaydi, yozishmalar esa boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadi. Va TikTok'ga joylangan video roliklar tizimda qoladi. Shunday qilib, o'chirilgan akkaunt izi TikTokda doim qoladi.

O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni butunlay o'chirish uchun:

  • O'zingiz yuklagan hamma video roliklarni qo'lda o'chirib chiqing;
  • Hamma obunachilarni o'chiring va obunalaringizni barchasini o'chirib chiqing;
  • "Yashirin profil" rejimini yoqing ("Настройки" - "Конфиденциальность" - "Приватный аккаунт");
  • Foydalanuvchi ismini o'zgartirish va profilni o'chiring;
  • Keyin esa yuqoridagi yo'riqnoma bo'yicha "Akkauntni o'chiring".

Akkauntni TikTokning foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga so'rov yuborib ham o'chirish mumkin:

  • Dasturda foydalanauvchilarni qo'llab-quvvatlash sahifasiga kiring;
  • Elektron pochta va boshqa ma'lumotlarni ko'rsating;
  • Muommoni ko'rsating.

30 kun davomida so'rov ko'rib chiqiladi.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!