Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov

Maqolalardagi teglar kirish...


Qanday qilib professional dasturchi bo`lish mumkin? 17/04/19 23:17

Qanday qilib professional dasturchi bo`lish mumkin?

Men professional dasturchi bo'lmoqchiman ya'ni "web, pc, mobil" dasturlash sohasida ham. Men qaysi dasturlash tilidan boshlab qaysiga o'tib borishim kerakligi haqida batafsil ma'lumot bering iltimos?



Python dasturlash tili: 8.2-dars. 17/01/20 23:42

Python dasturlash tili: 8.2-dars.

Ketma-ketlik biror elementini olish uchun indekslardan foydalandik. Ketma-ketlikning birinchi elementini olish uchun shoplist[0] dan faydalandik. Indeks manfiy bo'lishi ham mumkin. Oxirgi elementni olish uchun shoplist[-1], oxiridan bitta oldingi elementni olish uchun esa shoplist[-2] kabi ifodadan foydalandik.



3-dars - MySQL xizmatini yoqish, unga ulanish va dastlabki so’rovlar 17/01/11 01:20

3-dars - MySQL xizmatini yoqish, unga ulanish va dastlabki so’rovlar

MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimini o'rganishni davom ettiramiz. Oldingi maqolada, boshqarish tizimini o'rnatish va dastlabki sozlash amallarini ko'rib chiqdik. Endi MySQL bilan bevosita ishlaymiz. Dastlab, MySQL xizmatini ishga tushiramiz. Buning uchun bizga «Командная строка» kerak bo'ladi, CTRL+R…



2-dars - MySQL ma’lumotlar omborini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server) 17/01/08 21:13

2-dars - MySQL ma’lumotlar omborini boshqarish tizimini o’rnatish(MySQL Community Server)

Bu maqolada MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimini o'rnatish va sozlashni ko'rsatib o'taman. Sun firmasini Oracle sotib olgandan so'ng, MySQL ham butunlay o'zgarib ketti va 5 versiya o'zgacha qiyofaga keldi, ya'ni mukammallashtirildi. Maqolada Windows 7 operatsion tizimi uchun mo'ljallangan MySQL 5.6.20 versiyasini o'rnatishni ko'rsatib o'taman. …



1-dars - MySQL turlari va talqinlar tushunchasi 17/01/08 20:57

1-dars - MySQL turlari va talqinlar tushunchasi

Oldingi maqolada mysql haqida boshlang'ich tushunchalar bilan tanishib chiqdik(nima ekanligini). Bu maqolada mysql turlari, qaysilari tekin, qaysilari pullik ekanligini, talqin tushunchasi va ko'chirib olish uchun qanday fayllar taklif qilinishini ko'rib chiqamiz.MySQL bu — krossplatformali dastur hisoblanadi, ya'ni bir xil tipga ega bo'lgan(ishlash texnologiyasi bir xil),…



Linux - bo'yicha darslar. 16/12/15 00:22

Linux - bo'yicha darslar.

Assalom alaykum. Quyida eng mashxur operatsion tizimlardan birining asosi bo'lgan Linux bo'yicha darslar ro'yxati keltirilgan. Ushbu darslar texnoman.uz saytiga joylashtirilgan. Ushbu darsda Siz Linuxning asosi bilan, uning buyruqlaridan foydalanishni o'rganigingiz mumkin.



Python dasturlash tili 16/11/29 12:25

Python dasturlash tili

texnoman.uz saytida python dasturlash tili bo'yicha darslar bilan tanishib chiqib, python tilining boshlang'ich tushunchalari, sintaksisini o'rganishingiz va o'zingiz uchun kerak bilimlarni olishingiz mumkin.



Python dasturlash tili: 8.1-dars. 16/11/28 22:15

Python dasturlash tili: 8.1-dars.

Ma'lumotlar tuzilmalari Pythonda 4 ta ma'lumotlar tuzilmalari mavjud: ro'yxat (list), kortej (tuple), lug'at (dict) va to'plam (set). 8.1 Ro'yxat (spisok) Ro'yxat – bu tartiblangan elementlar to'plami. Tushunish oson bo'lishi uchun xarid qilinishi kerak bo'lgan maxsulotlar ro'yxatini tasavvur qilish mumkin. Python tushunishi uchun elementlar ro'yxati to'rtburchak qavsga olingan bo'lishi kerak. Tuzilgan ro'yxatdan qidirish, unga qo'shish va undan…



№17 Dars - Yiida model hosil qilish. 16/10/31 15:43

№17 Dars - Yiida model hosil qilish.

Avval forma uchun html kod yozamiz. Biz nimalar kerakligini aniqlashimiz kerak bo`ladiki: qanday ma`lumotlar olish va qanday qoida bo`yicha uni biriktirish bo`yicha. Model - foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma`lumotlarni doimo rolda nazorat qilib boradi. Biz modelni ikki xil ko`rinishda hosil qilishimiz mumkin. Biz ma`lumotlarni olish, qayta ishlash, keyin o`chirish uchun CFormModel dan foydalanamiz; agar ma`lumotni olib uni bazada saqlash bo`ladigan bo`lsa CActiveRecord…



№13 Dars - Gii generatori orqali CRUD hosil qilish 16/10/04 00:36

№13 Dars - Gii generatori orqali CRUD hosil qilish

CRUD Yii ning maxsus o`zining moduli bo`lib, ma`lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. Ma`lumotlar qo`shish, o`chirish, o`zgartirish kabi ishlarni birdaniga hosil qilib beradigan moduldir. CRUD ni hosil qilishimiz uchun biz Gii generatorni sozlab olishimiz kerak bo`ladi. Sozlashlar uchun ma`lumotni quyidagi gippermurojaatdan olishingiz mumkin. Sozlashlar amalga…



№12 Dars - Yiining Gii generatori orqali model va controller hosil qilish. 16/09/23 20:25

№12 Dars - Yiining Gii generatori orqali model va controller hosil qilish.

Masalaning qo`yilishi: Yiining Gii generatoridan foydalanib model va controller hosil qilish. Masalani yechilishi: Buning uchun biz birinchi navbatda "yiitest" degan ma`lumotlar ombori yaratamiz va uning ichida posts degan jadval yaratamiz. Agarda o`zimizning ma`lumotlar omborimiz bo`lsa unda o`shaning ichida jadval hosil qilamiz. Bu jadvalimiz o`z ichiga 3 ta ustunni oladi. Bular id, title va content. CREATE TABLE posts ( id INTEGER NOT NULL PRIMARY KEY AUTO_INCREMENT,…



№11 Dars - Yiida scopes bilan ishlash. 16/09/23 09:45

№11 Dars - Yiida scopes bilan ishlash.

Yii ning maxsus tehnologiyasi bo`lib, sql so`rovi bilan ishlovchi shartlar majmui, bog`lanishlarni bajaruvchi va odatiy (ko`p takrorlanadigan shartlar) natijalarni topish uchun ishlatiladi. CActiveRecord::scopes() maxsus funksiyasi. Ishlash usuli juda oddiy. Maxsus nom asosida uni filter deb atasak ham bo`ladi. Quyidagicha "Post" jadval berilgan. Ishlarimizni shu jadval bilan olib boramiz.



Uzoq masofadagi omborlar bilan ishlash (Git bilan ishlash). 16/08/13 01:11

Uzoq masofadagi omborlar bilan ishlash (Git bilan ishlash).

Qaysidir Git – loyiha bilan hamkorlikda ishlash uchun uzoq masofadagi omborni qanday boshqarish kerakligini bilish zarur. Uzoq masofadagi omborlar – bu internetda yoki yana tarmoqda qaerdadir saqlanadigan loyihaning o'zgarishlari. Ular bir qancha bo'lishi va qoidaga binoan ularning har biri sizga yo faqat o'qish yo o'qish va yozish imkoni bilan berilishi mumkin. Hamkorlikda ishlash uzoq masofadagi omborni boshqarishni, ma'lumotlar almashinuvi kerak bo'lganda unga ma'lumot yuborish (push) va…



Java haqidagi boshlang'ich savol-javoblar. 16/08/03 10:09

Java haqidagi boshlang'ich savol-javoblar.

❓Savol: Java baytkod nima?❗️ Javob: Java Virtual mashina(JVM-java virtual machine)da ishlaydigan dasturning quyi darajadagi versiyasi(low-level version) yoki mashina tili desa ham bo'ladi. Bu baytkodlar orqali Java dasturlarining har qanday qurilmalarda ishlay olishini ta'minlaydi. Java dasturchilar bu baytkod haqida tushunishi yoki xabardor bo'lib turishi muhim emas.❓Savol: Java tilinig "int" tipi uchun berilgan chegaradan…



№8 Dars - Gridlar bilan ishlash. 16/07/31 05:45

№8 Dars - Gridlar bilan ishlash.

Masalani qo`yilishi: Jadvalimizdagi barcha kompaniyalarni ro`yhati bilan birgalikda saytlari nomlarini gridimizda chiqarish. Birinchi navbatda jadval yaratishimiz kerak bo`ladi, agar jadvalimiz bo`lsa unda o`sha jadvaldan foydalanib ham ishlasak bo`ladi. Bizning misolimiz uchun "company" jadvali yaratiladi. 1 – jadvalimizni yaratamiz CREATE TABLE `company` ( `ID` INT(11) NOT NULL AUTO_INCREMENT, `company` VARCHAR(100) NULL DEFAULT NULL, `site` VARCHAR(100)…



№7 Dars - Yii-Bootstrapni sozlash. 16/06/15 01:11

№7 Dars - Yii-Bootstrapni sozlash.

Yii-Bootstrap Yii ning maxsus kutubxonasi hisoblanib, yuqori sifatli widgetlarni o`z ichiga olgan. Yii-bootstrap forma komponentalari bilan bir qatorda foydalanuvchi uchun yengillik yaratuvchi komponentalarini o`z ichiga olgan. Bu widgetlarni yuklayotganingizda o`zi uchun tegishli bo`lgan jQuery kutubxonasini ham yuklab ishga tushadi. Bootstrapni sozlash. Ushbu gipermurojaat…



№6 Dars - Faylni yuklash va namoyish qilish. 16/06/15 01:07

№6 Dars - Faylni yuklash va namoyish qilish.

Web texnologiyasi olamida fayllar ro`li juda keng. Shuning uchun ham web dasturlar bunga alohida etibor qaratib kelishgan. Shu jumladan Yii ning o`zining qoida va uslublariga ega. Bir kichik misol orqali bu ishlar qanday amalga oshirilishini ko`rsatishga ruxsat bergaysiz. Buning uchun biz misolimizda rasmlarni yuklashga etiborimizni qaratamiz va shu yuklangan rasmni o`qib olish masalasini ham birgalikda ko`rgan bo`lamiz. Birinchi navbatda biz qanday qilib fayl yuklashni ko`rib chiqamiz…



№5 Dars - Yiida PDF bilan ishlash. 16/06/15 01:04

№5 Dars - Yiida PDF bilan ishlash.

Biror bir qilayotgan proyektimizda hisobotlarni pdf formatiga o`tkazish kabi ishlarga duch kelamiz. Bunda Yii ning maxsus kengaytmalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shulardan biri tcpdf kengaytmasidir. Bu haqida ushbuhttp://www.yiiframework.com/extension/tcpdf giper murojaat orqali batafsil tanishishingiz mumkin. Biz faqatgina misol bilan sizda Yii da qilingan proyektlaringizni hisobotlarini pdf ga o`tkazish masalasini ko`rib…



Nega faqat o’zbek tilini bilgan holda dasturchi bo’lish mumkin emas? 16/05/16 08:30

Nega faqat o’zbek tilini bilgan holda dasturchi bo’lish mumkin emas?

Xorijiy tillarni bilish ko'pchilik sohada Sizga qo'shimcha imkoniyat yaratib berishi mumkin. Bunday sohalarda xorijiy tillarni bilishingiz Siz uchun shunchaki qo'shimcha qobiliyat hisoblanib, uning mavjud bo'lmasligi Sizni sohadan chiqib ketishga majbur qila olmaydi. Dasturchilikda esa hammasi aksincha.O'zim bir necha yildan buyon dasturchilikni o'rganayapman. Imkon qadar ko'proq dasturlash tillarini bilib, o'zimga eng ma'qul bo'lganida professional darajaga yetishni maqsad qilganman.…



Dasturchi uchun eng muhim 4 ko’nikmalar 16/05/15 05:01

Dasturchi uchun eng muhim 4 ko’nikmalar

Bugungi kunda juda ko'plab texnologiya, til va platforma tanlovlari mavjudligi evaziga dasturchi sifatida o'zining ko'nikmalarini rivojlantirish uchun vaqtni qayerga sarflashni aniqlab olish juda mushkul.Ko'pchilik tez-tez qanday qilib yaxshiroq dasturchi bo'lish haqida so'rashadi.Ko'pincha ular bu savolni vaqtlarini ma'lum bir dasturiy til yoki texnologiyaga sarflashlari kerakmi yoki yo'qmi – shuni aniqlashtirish maqsadida berishadi.Quyida dasturchilar o'zlashtira oladigan,…



Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) haqida 16/05/02 01:12

Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) haqida

Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) Obyekt nima? Obyekt Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) texnologiyasining eng asosiy kalit tushunchasidir. Atrofga qarang, haqiqiy hayotdagi bir necha obyektlarni ko'rishingiz mumkin: stol, uy, it, mushuk, televizor va h.k. Ularning barchasining albatta hususiyatlari va bajaradigan vazifalari (funktsiyalari) bor. Masalan, Mushuk hususiyatlari: rangi, qorni to'qligi, yoshi, jinsi; funktsiyalari:…



Kompilyator va interpretator haqida 16/04/11 04:11

Kompilyator va interpretator haqida

Dasturlardan foydalanib, biror ish bajarish va shu orqali natija olish, unchalik qiyin jarayon emas. Bir marotaba ko'rib olgan inson, keyingi safar o'zi bajara oladi. Ko'pchilik adashtiradigan narsa, bu foydalanuvchi dasturchi deyilmaydi, faqatgina dastur foydalanuvchisi bo'ladi xolos. Dasturchi, foydalanuvchilar foydalanishi uchun dastur yaratadi va bu jarayon juda murakkab hisoblanadi.Dasturchilik bilan shug'ullanishni endi boshlagan yoshlar ko'p qiyinchiliklarga…



Apple kompaniyasi ish jarayoni haqida qiziqarli faktlar 16/04/11 04:11

Apple kompaniyasi ish jarayoni haqida qiziqarli faktlar

Apple kompaniyasida qonuniy ishlaydigan, har xil soha vakillari mavjud: sport fotograflari, xujjatli kino rejissyorlari, muzikant, medsesstra, ssenariy mualliflari, fizik-teorik va boshqalar; Apple ishchilari uchun yagona bepul yegulik olma hisoblanadi. Apple kompaniyasida ish jarayoni qat'iy belgilanmagan va rasmiy ko'rinishga ega emas, bu degani har xil rasmiy majlislar kamdan kam o'tkaziladi deganidir; Kompaniya ishchilari uchun statistika katta ahamiyatga…



Dars №3 — NetBeans muhitini o’rnatish 16/04/01 12:50

Dars №3 — NetBeans muhitini o’rnatish

Hozirgi kunda Java dasturlash tili uchun bir necha muhit (IDE)lar yaratilgan bo'lib, bu maqolada shunday muhitlardan biri NETBEANS haqida gaplashamiz. Java tilini o'rganishda aynan Netbeans muhitidan foydalanamiz, shuning uchun bu dasturni yuklab, o'rnatishimiz lozim bo'ladi. Dastlab, Oracle saytidan, NetBeans dasturini operatsion tizimga mos holdagisini yuklab olamiz(hajmi maksimum 300…



Dars №2 — Java dasturini buyruqlar qatorida(Командная строка) ishga tushirish 16/04/01 12:39

Dars №2 — Java dasturini buyruqlar qatorida(Командная строка) ishga tushirish

Oldingi maqolada JDK paketini o'rnatishni ko'rsatib o'tdim, keling endi shu paketni ishlayotganini tekshirib olamiz. Uning uchun «Командная строка» oynasini ochamiz (win+R->CMD) va «javac» buyrug'ini teramiz, so'ng ENTER tugmasini bosamiz.Javac…



Dars №1 — Kompyuterga JDK(Java Development Kit)ni o’rnatish 16/04/01 12:35

Dars №1 — Kompyuterga JDK(Java Development Kit)ni o’rnatish

Java dasturlash tilida dastur tuzish uchun, dastlab, kompyuterga kerakli dasturlarni o'rnatish lozim. Birinchidan, Java dasturlarni ishga tushirish uchun, bizga Java-mashina kerak bo'ladi. Gap shundaki, barcha Java dasturlar faqat Java-mashina o'rnatilgan kompyuterlarda ishlaydi. Java-mashina Java dastur uchun muhit hisoblanadi. Ikkinchidan, Java dasturlarni yozish uchun maxsus muhit(IDE) kerak bo'ladi. Ikkala dasturni ham oraclening saytidan yuklab olishingiz…



PL/SQL protsedurali dasturlash tilini ishlash mexanizmi 16/03/29 12:46

PL/SQL protsedurali dasturlash tilini ishlash mexanizmi

PL/SQL haqida boshlang'ich ma'lumotlarga ega bo'ldingiz, demak bu til asosan protsedura va funksiyalar yaratish uchun ishlatilar ekan. Bu maqolada PL/SQL kodlari Oracle serverida qanday ishlashini yozib o'taman.Dastlab, kliyent-server texnologiyasi qanday ishlashini ko'ramiz. Oracle ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida, oracle server bo'lib, unga so'rovlar TNS…



SOA (Service Oriented Architecture) – xizmatga asoslangan dasturlash 16/03/27 06:29

SOA (Service Oriented Architecture) – xizmatga asoslangan dasturlash

Ba'zilarning fikricha xizmatlardan faqat web dasturlar va Java yoki .NET da ishlatiladi deb o'ylaydi. Bu noto'g'ri fikr. To'g'ri, Java bilan .NET da xizmatlarni oson tarzda dasturlash uchun ishlatishga tayyor bo'lgan ko'pgina klasslar mavjud. Ammo bu narsa xizmatlarni boshqa dasturlash muhitida tuzib bo'lmaydi degan narsa emas. Xizmatni tuzish uchun TCP/IP bilan ishlashni biladigan har qanday dasturlash tilidan foydalanish mumkin. Xizmat bilan aloqa qilish protokoli sifatida HTTP so'rovlari…



№14 dars — Linux operatsion tizimida Samba serverni sozlash 16/03/24 01:45

№14 dars — Linux operatsion tizimida Samba serverni sozlash

Ko'p hollarda Windows va Linux operatsion tizimlari bilan bir vaqtda ishlashga to'g'ri kelib qoladi. Bu ikki operatsion tizim bir-biridan keskin farq qiladi, hattoki fayl tizimlari ham xar hil. Shunday bo'lsa ham, har birining o'z o'rni bor. Linux operatsion tizimi asosan biror server yaratishda foydalanilsa, windows esa doimiy ish jarayoni uchun qulaydir.Ma'lumot almashishga kelsak, tarmoqdagi windows operatsion tizimidan turib Linux operatsion tizimi…



№15 dars — NFS server va uni sozlash 16/03/24 01:45

№15 dars — NFS server va uni sozlash

NFS(Network File System) — bu termin tarmoqli fayl tizimi deb yuritiladi. Nomidan ko'rinib turibdiki, bevosita tarmoq bilan bog'langandir. Bu termin klient-server arxetekturasida ishlaydi, ya'ni bitta serverga bir necha klientlar ulanib ishlashi mumkin bo'ladi. Server kompyuterga server qismi, klient kompyuterga klient qismi o'rnatiladi.Demak, NFS o'zi nima? misol uchun, agar siz biror tarmoq a'zosi bo'lsangiz va sizga shu tarmoqdagi boshqa kompyuterning…



№13 dars — LVM hajmini o’zgartirish. Barcha LVM buyruqlari 16/03/24 01:31

№13 dars — LVM hajmini o’zgartirish. Barcha LVM buyruqlari

Bu maqoladan so'ng siz LVM ni to'liq bilib olishga erishasiz. Albatta bundan boshqa maqolalar ham bo'lishi mumkin, lekin ular unchalik muhim emas(klonlash,..).LVM haqida «Linuxda, disklarni boshqarish haqida» maqolada tushuntirib o'tdim. Bu eng asosiy maqolalardan biri hisoblanadi. Undan so'ng «LVM – logik…



№12 dars — LVM — logik disklarni boshqarish(kodlar orqali) 16/01/24 01:27

№12 dars — LVM — logik disklarni boshqarish(kodlar orqali)

Nazariyotdan amaliyotga ham yetib keldik. Agar nazariy qism bilan tanish bo'lmasangiz, «Linuxda, disklarni boshqarish haqida» maqolasini o'qing. Quyida disklarni boshqarishni to'liq misollar orqali ko'rsatib o'taman. Disk nomlari sizning diskingiz nomlaridan farq qilishi mumkin va siz nomlarni berishda adashib ketmasligingiz uchun ogohlantirib o'tmoqdaman.(man /dev/sdb, dev/sdc) Bu komandalar linux…



№11 dars — Linuxda, disklarni boshqarish haqida(LVM) 16/01/24 01:24

№11 dars — Linuxda, disklarni boshqarish haqida(LVM)

Bu maqolamda, linux operatsion tizimida, qattiq disklar(vinchester) bilan ishlashni ko'rsataman. Ko'pchilik disklar bilan ishlashni bilmagani bois, ularga ahamiyat berishmaydi yoki bilishni hohlashmaydi. Disklarni to'g'ri taqsimlash, ish jarayonini tezlashishiga olib keladi. Bu degani, ish unumdorligi ortadi. Barcha ma'lumotlar qattiq disklarda(razdellarda) saqlangani uchun ularni boshqarish juda muhim.Disklarni boshqarishga bitta misol ko'ramiz, sizning kompyuteringizda 40Gb lik disk…



№10 dars — Linuxda PING buyrug'i(barcha atributlari bilan) 16/01/24 01:10

№10 dars — Linuxda PING buyrug'i(barcha atributlari bilan)

Linux operatsion tizimi, server kompyuterlar uchun mo'ljallangan bo'lib, uning ko'p buyruqlari windows operatsion tizimida ishlamaydi. Chunki bu 2 operatsion tizim bir biri bilan qaysidir ma'noda raqib hisoblanadi. Windows operatsion tizimi ham server mashinalar uchun Windows Server operatsion tizimini chiqargan, lekin baribir linux operatsion tizim buyruqlari Windows Server muhitida ham ishlamaydi.Bu maqolada administratorlar orasida obro'li buyruqlardan…



№9 dars — Swap fayl(раздел)ni boshqarish 16/01/13 07:39

№9 dars — Swap fayl(раздел)ni boshqarish

Oldingi maqolamda swap nima va nima uchun kerakdegan savolga javob berishga harakat qildim. Agar swap haqida biror bir tushunchaga ega bo'lmasangiz, bu maqolani o'qishdan umuman foyda yo'q. Quyida swap xotirasiga tegishli bo'lgan va linux ning barcha distributivlarida ishlaydigan kommandalar bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi. Bu kommandalar linux ning Oracle Linux Red Hat distributivida tekshirib ko'rilgan.…



№6 dars - Linuxning asosiy buyruqlari 16/01/13 07:31

№6 dars - Linuxning asosiy buyruqlari

Linux operatsion tizimi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va ko'pchilik bu tizimni o'rganishga harakat qilishmoqda. O'rganishni endi boshlaganlar uchun, bu tizimni o'rganish biroz qiyin ko'rinishi mumkin, lekin unday emas. Bu tizim, windows tizimidan keskin farq qilgani uchun, windows foydalanuvchilari linux bilan ishlaganda ko'p noqulayliklarni his qilishmoqda(keyin ko'nikib ketishmoqda.. Kerak bo'lgandan keyin ko'nikadide).Hozirgi kunda, linux tizimining juda chiroyli grafik ko'rinishlari…



№7 dars — Linux operatsion tizimida, fayl va kataloglarga oid buyruqlar 16/01/13 07:31

№7 dars — Linux operatsion tizimida, fayl va kataloglarga oid buyruqlar

Linux operatsion tizimi buyruqlarini o'rganishni davom etamiz. Oldingi «Linuksning asosiy buyruqlari» nomli maqolada, eng asosiy buyruqlar bilan tanishib chiqdik, bu maqolada oldingi maqolani to'ldirib borishga harakat qilaman.Maqolada berib boriladigan misollar, linuksning Red Hat distributivida tekshirib ko'rilgan va qolgan distributivlarda ham katta ehtimollik bilan ishlaydi. Bu maqolada misollar qisqa qilib berilgan, buyruqlar haqida to'liqroq ma'lumotlarni man…



№8 dars — Linux operatsion tizimida fayllarga beriladigan ruhsatlar(read, write, execute), chmod buyrug'i 16/01/13 07:16

№8 dars — Linux operatsion tizimida fayllarga beriladigan ruhsatlar(read, write, execute), chmod buyrug'i

Linux operatsion tizimi, ko'p foydalanuvchili tizim hisoblanadi. Har bir foydalanuvchining o'ziga tegishli bo'lgan fayl va papkalari bo'ladi. Bu fayl va papkalarni, boshqa foydalanuvchilar o'qimasligi yoki o'zgartirmasligi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun linux operatsion tizimida fayl va papkalarga alohida ruhsatlar ishlab chiqilgan. Bu maqolam aynan shu ruhsatlarni o'rganishga bag'ishlanadi.Linux operatsion tizimida, faylga nisbatan, foydalanuvchilar 3 guruhga bo'linadi. Owner…



№5 dars — Linuxda, fayl tizimlari! 16/01/10 04:04

№5 dars — Linuxda, fayl tizimlari!

Biror vichester(qattiq disk) ga linux operastion tizimini o'rnatsangiz, albatta bu va boshqa ulangan vinchesterlar uchun fayl tizimini tanlashingiz zarur. Misol uchun Windows operastion tizimida asosan NTFS fayl tizimidan foydalaniladi, lekin boshqa(FAT32, FAT16) fayl tizimlari ham mavjud.Linux operastion tizim ga quyidagi fayl tizimlari o'rnatilishi mumkin.Ext – Linuks operastion tizimning birinchi fayl tizimi xisoblanadi, dastlabki…



№4 dars — Linux, afzalligi va kamchiliklari 16/01/10 03:59

№4 dars — Linux, afzalligi va kamchiliklari

Linux operastion tizimini hozirgi kundagi eng ommabop xisoblanmish Windows operastion tizimi bilan solishtirar ekanmiz, biz uni afzallik va kamchiliklarini ko'rib chiqishimiz lozim. Umumiy oladigan bo'lsak Linux operastion tizimini Windows operastion tizimidan zo'r yoki yomon deb aytish noto'g'ri bo'lardi. Chunki Linux operastion tizimi umuman boshqa arxitekturali operastion tizimdir.Linux operastion tizimida Windows operastion tizimi oilasiga mansub operastion tizimlardagidek «ПУСК»…



№3 Dars — Linux ning asosiy kataloglari 16/01/10 03:55

№3 Dars — Linux ning asosiy kataloglari

/ — asosiy katalog./bin – Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi(ls, cp,..)./boot – Linuks yadrosi va yuklashni boshqarish(grub, lilo va boshqalar)utilitlari saqlanadi./dev – Operatsion tizimga ulangan qurilmalarning fayli saqlanadi.(Linux operatsion tizimida, barcha qurilmalar(printer, skaner, qattiq disk ) fayl ko'rinishida saqlanadi. Kerakli qurilmani…



№2 dars — RHEL(Oracle Linux) 5.9 operatsion tizimini sozlash 16/01/10 03:50

№2 dars — RHEL(Oracle Linux) 5.9 operatsion tizimini sozlash

Oracle Linux(RedHatEnterpriseLinux(RHEL))5.9 o'rnatilgandan so'ng, qilinishi kerak bo'lgan sozlashlarni ko'rib chiqamiz. Bu operatsion tizimni o'rnatish mana bu maqolada to'liq yozib o'tilgan. Operatsion tizim o'rnatilgandan so'ng, tizimni qayta yuklash kerak bo'ladi(ya'ni reboot). Qayta yuklash sodir bo'lgandan so'ng, sozlash ishlarini…



№1 dars — Oracle Red Hat Enterprise Linux 5.9 operatsion tizimini o’rnatish 16/01/10 03:42

№1 dars — Oracle Red Hat Enterprise Linux 5.9 operatsion tizimini o’rnatish

Bu maqolamda linux distributivlaridan biri OracleLinux 5.9(RHEL yoki RedHat) operatsion tizimini o'rnatishni ko'rsataman. Bu distributiv asosan Oracle MBBT uchun asoslangan bo'lib, lekin operatsion tizim uchun kerak barcha ishlarni ham amalga oshira oladi.Dastlab, operatsion tizim dasturini internetdan ko'chirib olamiz va DVDROM orqali yuklaymiz. Bizga tanlash uchun menyu hosil bo'ladi va "Enter" ni bosib, o'rnatishni boshlaymiz.



PostgreSQL - asosiy tushunchalar 15/12/11 06:04

PostgreSQL - asosiy tushunchalar

PostgreSQL - bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda…



C++ haqida va uning tarixi 15/11/26 02:38

C++ haqida va uning tarixi

Bu maqolamda hozirgi zamonda eng rivojlangan dasturlash tillaridan biri bo'lgan C++ dasturlash tili haqida yozmoqchiman. Bu til tarixi va kelib chiqishi haqida qisqacha yozib, keyingi maqolalarda bu tilda dasturlar tuzishni asta sekinlik bilan o'rgatib o'taman. Dastlab UNIX operatsion tizimi va С dasturlash tili yaratilgan va С tili asosida C++ tili yaratildi. С esa o'z navbatida B va BCPL…



SQL(Structured Query Language) haqida 15/11/26 02:35

SQL(Structured Query Language) haqida

SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q.1970 yil iyun oyida E. F. KODD o'zining E.F.…



PL/SQL haqida boshlang’ich ma’lumotlar 15/11/26 02:33

PL/SQL haqida boshlang’ich ma’lumotlar

PL/SQL – bu oracle firmasi tomonidan tuzilgan, SQL so'rov tilining kengaytirilgan ko'rinishi bo'lib, protsedurali dasturlash tili hisoblanadi. SQL dasturlash tiliga kirmaydi, u faqat so'rovlarni amalga oshirib beradiku. PL/SQL esa, oracle ma'lumotlar bazasi uchun dasturlash tili hisoblanadi. Quyida PL/SQL protsedurali dasturlash tili bilan tanishib chiqamiz.PL/SQL – SQL tilini inkapsuliyatsiya qiluvchi, qadamma-qadam dasturlovchi prsedurali…



Dasturchi bo’lishning 6 yo’li 15/11/26 02:23

Dasturchi bo’lishning 6 yo’li

Olti yo'l: Web dasturlashDesktop(ish stoli kompyuterlari uchun) ilovalarini dasturlashTaqsimlangan ilovalarni dasturlashDasturiy vositalar(Library/Platform/Framework/Core)ni dasturlashTizim dasturlashIlmiy dasturlashDasturchi bo'lish sizning mahoratingizni kundan-kunga, yildan-yilga asta-sekin, bosqichma-bosqich rivojlanib boruvchi to'plangan jarayon hisoblanadi, va dasturlash qiziq va mukofotlaydigan(aqliy, ma'naviy…



Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida 15/11/26 02:21

Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida

Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va…



LinkedList. Kirish. 15/11/26 02:15

Bugungi maqola LinkedListga bag'ishlanadi. LinkedList massiv kabi chiziqli ma'lumotlar strukturasi(MS) bo'lib, lekin undagi elementlarning to'liq-kesiq o'rni (indeks) mavjud emas. Elementlar o'zara ko'rsatkich(yo'llanma) yoki "link"lar bilan bo'glanadi. So'zni Linkedlist tashkil etuvchisi sodda MS "node"dan boshlaymiz. O'zbekchasiga xalqa deb olishimiz mumkin. (Aslida, terminlarni to'g'ridan to'g'ri o'zbekchaga tarjima qilish tarafdori emasman.) Quyidagi rasmda xalqa ifodalangan. …



JavaScript veb dasturlash tiliga oid muhim savollarga javoblar(boshlovchilar uchun) 15/11/26 02:05

JavaScript veb dasturlash tiliga oid muhim savollarga javoblar(boshlovchilar uchun)

JavaScript nima?Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to'g'rirog'i veb dasturlash tili, undan ham to'g'rirog'i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya'ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javascript'da yozilgan kodlar) ishlayveradi.Bu til nima uchun kerak?Bu dasturlash tili orqali serverga so'rov jo'natmasdan, so'rovlarni(javascript kodlarini),…



Men qanday qilib dasturchi bo‘ldim? – Farhod Dadajonov 15/11/26 02:01

Men qanday qilib dasturchi bo‘ldim? – Farhod Dadajonov

Assalomu alaykum, hurmatli saytmiz o'quvchilari! Saytimizda ko'p maqolalarning muallifi Farhod Dadajonov bilan erkak.uz web-sahifasida bo'lib o'tgan suhbatni sizning hukmingizga havola qilamiz.Bizga o'quvchilarimizda dasturlash tillarini qanday o'rganish mumkinligi haqida maqolalar berib borish istaklari ko'p marotaba keldi. Biz shu sababdan O'zbekiston va xorijda dasturchi bo'lib ishlayotgan vatandoshlarimiz qanday qilib…



Java tarixi va uning texnologiyalari 15/11/26 01:42

Java tarixi va uning texnologiyalari

Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak(ma'nosi eman daraxti) dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems(hozirda Oracle nomidan ish yuritadi) tomonidan platformaga(operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli…



Javada polimorfizm 15/10/26 01:50

Javada polimorfizm

Polimorfizm orqali bir jarayonni turli yo'llar bilan tashkillashtirishimiz mumkin. Polimorfizm so'zi yunoncha ikki so'zning birikmasidan tashkil otpgan «poly» — Ko'p va «morphs» — formalar. Polimorfizm ham ko'p formalar degan ma'noni anglatadi.Javada polimorfizmni ikki turi mavjud: programma kompilatsiya bo'layotgan vaqtda sodir bo'ladigan polimorfizm (compile time polymorphism, static polymorphism) va programma ishlab turgan vaqtda sodir bo'ladigan polimorfizm (runtime polymorphism,…



Javada interfeyslar 15/10/26 01:44

Javada interfeyslar

Javada interfeyslar orqali to'liq abstraktsiyani tashkillashtirish mumkin. Interfeys tarkibidagi metodlarning faqat nomlari bo'lishi mumkin, ularning tanasi bo'lishi mumkin emas. Shuningdek, Interfeys tarkibida ma'lumotlar bo'lishi ham mumkin.Esda tuting: Java kompilyatori interfeys tarkibidagi metodlarga public va abstractkalit so'zlarni, interfeys tarkibidagi ma'lumotlarga esa public, static va final kalit so'zlarni qo'shadi.Interfeyslarni classlarda…



Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari 15/10/25 04:07

Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari

Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan…



Ma'lumotlar ombori (ma'lumotlar bazazi) haqida 15/10/25 04:07

Ma'lumotlar ombori (ma'lumotlar bazazi) haqida

Ma'lumotlar ombori (ma'lumotlar bazasi) haqida Web saytga qandaydir ma'lumotlar kiritiladi, sayt qandaydir ma'luotlarni saqlaydi va qayta ishlaydi hamda so'rov asosida qandaydir ma'lumotlarni beradi. Web dasturchi shu ma'lumotlarni qayerda va qanday saqlash kerakligini o'ylab ko'rishi kerak bo'ladi. Men sizdan quyidagi savollarga javob olishni istardim: loyihangizda saqlanadigan ma'lumotlar ko'pmi?Loyiha dasturi bu ma'lumotlarga tez-tez murojaat qiladimi?Bu…



Javada abstrakt classlar 15/10/25 04:07

Javada abstrakt classlar

Abstract kalit so'zi bilan yaratilgan classlar abstrakt classlar deb nomlanadi. Abstract classlar abstakt metodlar (tanasi yozilmagan metod) yoki abstrakt bo'lmagan metodlardan (tanasi yozilgan metod) tashkil topgan bo'ladi.Abstrakt class quyidagicha e'lon qilinadi:abstract class A{} Tanasi (implementation) yozilmagana va abstract kalit so'zi bilan yaratilgan metod — abstrakt metod deyiladi.abstract void funksiya();…



Translyator, kompilyator va interpretator 15/10/23 12:40

Translyator, kompilyator va interpretator

Yuqori darajali (C, C++, Java, Phyton, …) yoki quyi darajali (assembly tillar) dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'tkazish uchun ishlatiladigan programmalar — translyatorlardeb ataladi.Translyatorlarning 3 xil turi mavjud:AssemblerKompilyatorInterpretatorAssembler bu quyi darajali dasturlash tillarida yozilgan kodni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar assmblatsiya (assembling) deb nomlanadi.Kompilyator…





Java texnologiyasining mohiyati va turlari. 15/08/15 10:47

Java texnologiyasining mohiyati va turlari.

Java texnologyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi.U bilan xatto eng kichik qurilmalarga xam dasturlar yozish mumkin.Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl compilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga o'giradi.…



Java dasturlash tilining paydo bo'lishi 15/08/15 10:39

Java dasturlash tilining paydo bo'lishi

Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion tizimga) bog'liq bo'lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba'zi…



Salom Magento! 15/06/30 01:11

Salom Magento!

Magento – hozirda internet magazinlarni tashkil qilish va boshqarish uchun mukammal platformalardan biri bo'lib, u PHP OOP da yozilgan CMS hisoblanadi. CMS – (content management systems, kontentni boshqarish tizimlari) haqida yozishni hojati yo'q, chunki hozirda Drupal, Worpress, Joomla kabi CMS larni ishlatib ko'rmagan web dasturchi…



Assalom alaykum 14/12/09 01:20

Assalom alaykum. www.texnoman.uz saytiga xush kelibsiz! Sayt axborot texnologiyalari, Internet, ijtimoiy media, Uznet, yuqori texnologiyalar, mobil qurilmalar hamda texnologiyalar bilan bog'liq kompaniyalar haqida yangiliklar, tahliliy maqolalar, xabarlar, ma'lumot berib borishga mo'ljallangan. Texnoman TAS-IX tizimida joylashgan, hosting provayder sifatida www.ahost.uz foydalanildi,…