yangi

Kompyuterda bir nechta telegram raqamdan telegramga kirish

Kompyuterda bir nechta telegram raqamdan telegramga kirish

Salom alaykum! Bugun biz sizlar bilan kompyuterda bir raqamdan telegramga kirish emas, ko'p raqamdan telegramga kirishni o'rganamiz ya'ni 2, 3, 4 va ... cheksiz raqamdan telegramga kirishni o'rganamiz.

Bu ishni qanday qilib amalga oshirish mumkin:

Bilamizki kompyuterga telegramni o'rnatganimizda faqat bir raqamdan telegramga kirishimiz mumkin. Ammo telegramni ilovasi(dasturi) portable(portal) usulida ishlaydi ya'ni u dasturdan biz xohlagancha nusxa olib, xohlagancha ko'p raqamdan telegramga kirishimiz mumkin. Eslatma: Portable(portal) usuli o'sha dastur joylashgan papkaga taaluqli bo'ladi, ya'ni siz bir raqamdan telegramga kirishiz uchun bir papka kerak bo'ladi, ya'na boshqa raqamdan telegramga kirishiz uchun yana bir papka kerak bo'ladi va shu tarzda davom etadi, bu nima degani bu degani bir raqam uchun bir papka kerak degani.

Ishni bajarish tartibi:
1. Dastur o'rnatilgan joyga kiramiz. Mening kompyuterimda c:/program files/telegram desktop da joylashgan.
2. Papka ochamiz misol uchun:Kamol(ixtiyoriy nom qo'yasiz). Bu papka birinchi telegram raqami uchun.
3. Papka ochamiz misol uchun:Komil(ixtiyoriy nom qo'yasiz). Bu papka ikkinchi telegram raqami uchun.
4. Papka ochamiz misol uchun:Ozodbek(ixtiyoriy nom qo'yasiz). Bu papka uchinchi telegram raqami uchun.
5. shu tarzda keraklicha papka ochasiz.
6. Endi c:/program files/telegram desktop da joylashgan telegram nomli faylni nusxalaymiz.
7. birinchi papkaga nusxalagan faylimizni joylaymiz va birinchi papkaga birinchi telegram raqamni registratsiya qilamiz.
8. ikkinchi papkaga nusxalagan faylimizni joylaymiz va ikkinchi papkaga ikkinchi telegram raqamni registratsiya qilamiz.
9. uchinchi papkaga nusxalagan faylimizni joylaymiz va uchinchi papkaga uchinchi telegram raqamni registratsiya qilamiz.
10. Shu tarzda keraklicha papkalarga nusxalagan faylimizni joylaymiz va telegram raqam registratsiya qilamiz.

Bo'ldi hozir biz telegram raqam registratsiya qilish uchun to'rtta telegramga ega bo'ldik. E'tibor bergan bo'lsangiz har bir papkaga tdata degan papka hosil bo'ldi. Bu papka nimaga kerak, bu papkaga shu telegram raqamdan kirgan barcha telegram ma'lumotlariz saqlanadi, ya'ni bu papkaga telegram ma'lumotlari saqlanadi, bu papkaga tegmang, bu papkani o'chirsangiz telegram ishlamay qoladi. telegram raqamni qaytadan terib kirishiz kerak bo'ladi. Mayli sog' bo'ling, Ko'rishguncha xayr.

telegram kompyuter 21-Iyul 16:58 5454

To'xtayev Kamol - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

To'xtayev Kamol


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!