yangi

Jek Ma haqida

Jek Ma haqida

Dunyoga mashhur xitoylik biznesmen, Alibaba Group internet-imperiyasi otasi Jek Ma 1964-yil 1-sentabrda Xitoyning Xanchjou shahrida kambag'al musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. U 15 yil avval oyiga 15 dollar maosh oladigan oddiy o'qituvchi bo'lib ishlagan.

Demak, ushbu maqola Xitoylik biznesmen Jek Ma haqida bo'ladi. Unda Jek Ma hayoti, ish faoliyati haqida so'z boradi.

Yoshlik va o'smirlik

Jek Mani yoshligida uning ota-onasi unga boshlang'ich kapital bera olishmaydi. Bunga sabablardan biri u notinch bo'lgan zamonda, Xitoy rahbari Mao Szedun tashkil qilgan "Madaniyat inqilobi"' davrida dunyoga kelgan. Ushbu inqilob vaqtida partiya ishchilari, ziyolilar, qatag'on qilinishada. Jek Maning bobosi va buvisi, ota-onasi boshiga ham musibatlar tushadi.

Jek Maning haqiqiy ismi Ma Yung bo'lib, u tug'ilib usgan shahar Xuanchjouga AQSH Prezidenti Richard Nikson kelgandan keyin, bu shahar juda mashhur bo'lib ketadi. Dunyoning ko'plab mamlakatlaridan biznesmenlar ushbu shaharchaga tashrif buyura boshlashadi. Yosh Jek Ma o'sha vaqtlar mehmonxonada chet elliklar uchun bepul sayohat turlari tashkil qiladi. Shunda sayyohlar uni ismini talaffuz qilish oson bo'lishi uchun Jekka o'zgatirishadi. O'shanda u xitoylik Jek Ma bo'lib qoldi.

Ingliz tilini o'rganishdagi muvaffiqiyatdan so'ng, Jek ta'lim bilan "kelisha" olmadi. Xitoylik tadbirkorning amerika jurnaliga bergan intervyusida u yoshligida boshlang'ich maktabda ikki marta, o'rta maktabda uch marta testlardan o'ta olmaganini aytgan. U ikki marta kollej imtihonlarida "uxlab" qolgan. Kollejni bitirgach hamma ish beruvchilardan rad javobini olgan.

1988-yilda Jek Ma pedagogika oliy ta'lim muassasasini tugatadi. Uni 12-15 dollar maosh bilan ishga qabul qilishadi. Jek Ma 10 marta Garvard universitetiga o'qishga ariza topshiradi va har gal rad javobini oladi. U taslim bo'lmaydi. U shunda shunday vaqt kelib uni Garvardga dars berishga taklif qilishlarini aytadi.

1990-yillar boshlarida Jek yaxshi maoshli ish izlab ko'plar joylarga boradi. Lekin hamma joydan rad javobini oladi. Xatto KFC'ga ham uni ishga olishmaydi. Eng qizig'i KFC'ga ishga kirishga ariza topshirgan 24 kishidan faqatgina uni ishga qabul qilishmaydi. Bunga sabab deb Jek bo'yi pastligi aytadi.

Biznes

Biznesda birinchi qadamlarni Jek Ma 1990-yillar boshida qo'yadi. U o'shanda tarjimonlik bilan shug'ullanuvchi "Xayvo" agentligini ochadi. Bu agentlik ochilganidan 3 yil o'tib foydaga kiradi. Jekning hamkorlari agentlikning birinchi oydagi foydasi ofis ijarasidan uch marta kamligini ko'rib taslim bo'lishadi. Lekin Jek Ma taslim bo'lmaydi, u o'z biznesini yurgazish uchun har xil esdalik sovg'alar, xo'jalik mollari va kiyimlar sotishni boshlaydi.

3-yil o'tib "Xaybo" hech qanday tashqi investitsiyasiz birinchi marta foyda keltirishni boshlaydi. Hozirgi kunda ushbu agentlik Xanchjoudagi tarjimonlik xizmatlarini ko'rsatuvchi eng katta tashkilot hisoblanadi.

Jek Ma kompyuter bilan ishlashda hech qanday malaka yo'q edi, dasturlashni ham umuman bilmas edi. U internetni birinchi marta 1995-yilda Amerikaga delagratsiya tarkibida tarjimon bo'lib borganda ko'rgan. U "pivo" so'rovini berib xitoylik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini ko'rmaydi. Yahoo! qidiruv tizimi Xitoy haqida hech narsani bilmas edi. Shunda unda Xitoyga qaytib internet-kompaniya tashkil qilish fikri tug'iladi.

Sietl shahrida reklama saytida "Xayvo"'ning reklama joylashtiradi va ikki soat o'tib Amerika, Germaniya va Yaponiyadan tarjimonlik bo'yicha 6 ta taklif oladi.

AQShdan qaytishi bilan Jek Ma ikkinchi biznesi loyihasini veb saytlar yaratish bo'yicha kompaniyasini yaratadi. Uni "Xitoy Sariq sahifalari" deb nomlaydi. O'sha vaqtlar ofis ijarasi uchun puli yo'q edi. U shunda ofisni o'z shaxsiy uyida tashkil qiladi. Ishni boshlash uchun 2000$ pulni topishda xotini va do'sti yordam berishadi.

Analitiklar fikricha ushbu loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchrashi kerak edi. Sababi bir dona sahifa yuklanishi uchun 2-3 soat vaqt ketar edi. 3-yildan so'ng Jek Maning ikkinchi loyihasi foyda ketirishni boshlaydi va u 800 ming dollardan oshadi. 1990-yillarning oxirida Jek Maga Xitoy Tashqi Savdo vazirligidagi xalqaro elektron tijorat markazi rahbarligi lavozimini ishonib topshirishadi. U davlat ishida ishlab quyidagi fikrga keladi:

Hukumatni sevim, lekin u bilan turmush qurmang!

1999-yilda 14 oy o'tib Jek Ma hukumat ishlaridan ketadi va hamfikri bilan Alibaba Group kompaniyasiga asos soladi. O'shanda Alibaba Group kichik va o'rta biznes vakillari uchun savdo sifatida faoliyatini olib boradigan maydoncha edi. Ushbu nomni tanlashda unga qirq qaroqchi haqidagi ertak ilhom beradi. Bundan tashqari "Ali-Baba" nomi hamma tillarda bir xil talaffuz etiladigan nom edi.

2000-yillar boshida uning kompaniyasi 25 million dollar investitsiya yutib oladi. Ammo pullar uni foydaga olib bormaydi. Shunda kompaniya bir g'oyani o'ylab topadi, uni yordamida xitoylik ishlab chiqaruvchilar Amerikadan mijozlar topishga erishadilar. 2002-yilda Alibaba o'zini birinchi foydasini topadi va u 1 dollarga teng edi. Va shu ondan boshlab kompaniya daromadi doimiy ravishda o'sib boradi. 10 yil o'tib kompaniya foydasi trillion yuangdan oshib keradi. Yana bir yil o'tib 2013-yilda u kompaniya Prezidenti lavozimidan ketadi, lekin direktorlar kengashida rais lavozimini o'zida saqlab qoladi.

2014-yilda Alibab IPO'ga chiqadi va o'z aksiyalarini 1 milliard dollar investitsiya olish maqsadida Nyu-York fond birjasiga joylashtiradi. Lekin natija orzudagidek bo'ladi, Jek Ma kompaniyasi 25 milliard dollar pul jalb qiladi. Bu muvaffaqiyatdan Jek Ma'ni hursand qildimi? Ham ha, ham yo'q:

Agar senda million dollar bo'lsa, u sening pullaring. Agar ular 20 ta bo'lsa, senda muommolar paydo bo'lishni boshlaydi: seni inflyatsiya bezovta qiladi, pullarni qanday qimmatli qog'ozlarga tikish kerak, bitta qilib aytganda bosh og'rig'i. Agar senda milliard paydo bo'lsa, ular seni pullaring emas, ular jamiyatning senga bo'lgan ishonchini bir ko'rinishi.

Jek Ma kichik biznes haqida orzu qilgan edi. Lekin juda katta javobgarlik talab qiladigan, ko'plab muommolar olib keladigan gigant kompaniya qurdi. U hal qiladigan muommolarni odatda davlat rahbarlari hal qilishadi.

Faqat menda prezidentdagi kabi hukumat yo'q. Va shaxsiy hayotim ham yo'q. Shunga qaror qildim: keyingi hayotimda imkon berilsa, men hozirgi kabi katta kompaniya qurmayman. O'ziligimcha qolmoqchiman, hayotdan zavqlanib yashamoqchiman.

Bugun Alibaba Group Xitoy elektron tijoratining 80%ini boshqaradi. Uchdan ikki qism to'lovlar Alipay to'lov tizimi orqali amalga oshiriladi, uning yillik aylanmasi 148 milliard dollarni tashkil qiladi. Mamlakat ichida Jek Ma kompaniyasi 6 ta savdo saytlarini rivojlantiradi, u "Feysbuk"ning oyiga 156.5 million foydalanuvchi tashrif buyuradigan Weibo analogining aksiyalariga egalik qiladi.

Korporatsiya o'nlab tuzulmalarni boshqaradi. Ular qatorida Alibaba Pictures kino kompaniyasi, AliExpress.com internet do'koni, Taobao.com internet auksioni, onlayn to'lovlar maydonchasi bo'lgan Alipay va boshqalar.

AliExress internet do'koni o'z faoliyatini 2010-yilda boshlagan. Bu resurs Xitoy mahsulotlarini chet elda sotish uchun mo'ljallangan. 2009 va 2014-yillarda Jek Ma dunyoning Eng Qudratli 100 ta insonlari ro'yxatiga kirgan.

Shaxsiy hayot

Xitoylik milliarderning shaxsiy hayoti haqida ma'lumot topish qiyin ish. Rasmlarga qaraganda Jek Maning tashqi ko'rinishi unchalik ham emas. Lekin Jek Maning turmush o'rtog'i Chjan In sobiq kursdoshida quyidagi sifatlarni ko'rgan:

U chiroylilar qila olmaydigan ishlarni qila oladi

Ular 1980-yillar oxirida oila qurishgan. Ularning bir qiz va bir o'g'il farzandlari bor.

Jek Ma iqtiboslari:

Siz o'z biznesingizni boshlaganingizda Siz doimiy mo'tadil oylikdan, yillik mukofot pullaridan, nafaqa pullaridan voz kechayotgan bo'lasiz.
Agar Siz o'z raqiblaringiz haqida hamma narsani bilmasangiz, ularni baholay olmasangiz yoki ularda taxdidni ko'rmasangiz, Siz albatta yutqazasiz.
O'z jamoangizni yig'ing, uni umumiy maqsad bilan birlashtiring. Agar jamoangizni birlashtiruvchisi faqat Siz bo'lsangiz, muvaffiqiyatga erishib bo'lmaydi. Agar har bir xodim Siz uchun emas, umumiy maqsad uchun ishlasa, Siz jamoangiz potensialini to'liq ishlata olasiz.
O'zingizga o'rinbosar tayyorlang. Jamoangiz Sizga qarab qolmasin.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!