tarjima

ITER termoyadro reaktori 50% tayyor bo'ldi

ITER termoyadro reaktori 50% tayyor bo'ldi

2007-yilda Fransiyaning janubida qurilishi boshlangan tajriba termoyadro rektorini yarmi tayyor bo'ldi. Ko'pchilik mutxassislarning fikriga ko'ra, ushbu ITER deb nomlanuvchi loyiha reaktorini qurilishida yuzaga kelgan juda ko'plab qiyinchiliklarga qaramasdan, ushbu reaktorda birinchi plazma 2025-yilda olinadi.

ITER loyihasini maqsadi - vodorod sintezi bo'lib, u juda kuchli bo'lgan magnitlar yordamida boshqariladi va buning natijasida juda katta issiqlik ajraladi, o'z navbatida bu issiqlik turbinalarni harakatga keltiradi(huddi Issiqlik Elektr Stansiyalari kabi). Bu jarayonni katta sanoat darajasiga yetkazilsa, ushbu jarayon asosida olingan energiya toza va arzon bo'ladi. ITER mutaxassislari fikriga ko'ra, ananas kattaligidagi vodoroddan huddi 10 000 tonna ko'mirdan olinadigan kabi energiya olsa bo'ladi.

ITERning bosh direktori Bernar Bigoning so'zlariga ko'ra, loyihaning yarmi tayyor bo'lishi, bir qator qiyinchiliklarga qaramasdan hamma zaruriy infrastruktura oxirigacha qurilishini anglatadi. Aniqlanishicha, 2013-yilda loyihani amalga oshirish uchun mablag' ajratgan Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Xitoy Hindiston va Janubiy Koreya tashikiliy masalalarda muommolarga duch kelishgan. Bu muommolarni hal qilish uchun Bigo tayinlangan.

ITER loyihasi odamzod tarixidagi amalga oshirilayotgan eng murakkab ilmiy-texnik inshoot hisoblanadi. Uni ishga tushirish uchun plazmani 150 million gradus haroratgacha qizdirish kerak bo'ladi - bu esa Quyosh yadrosidan 10 barobar issiqroqdir! -269 gradusgacha sovutilgan tokamak magnitlari plazmani reaktor devorlaridan ajratib turadi. Loyihani 50 foizga tayyor bo'lishi - bu juda katta yutuq bo'lib, reaktorni qolgan qismini qurishning imkoni borligini bildiradi - deb hisoblaydi Bigo. U 2025-yil dekabr oyida bir qancha siyosiy qiyinchiliklarga qaramasdan birinchi plazma olish mumkinligiga ishonadi.

Bundan tashqari, termoyadro sintezi bilan Tri Alpha Energy kompaniyasi Google Research bilan hamkorlikda plazma bilan tajribalarni bir qancha tezlashtiradigan kompyuter algoritmlari ustida ishlashmoqda.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!