yangi

Embarcadero Delphi olamiga xush kelibsiz!

Embarcadero Delphi olamiga xush kelibsiz!

Oxirgi paytlarda menga Delphi dasturlash tilini o'rganishni qayerdan boshlash haqida juda ko'p savollar kelyapdi. Ya'ni asosan, boshlang'ich ma'lumotlarni qayerdan olsam bo'ladi? Qanday qilib Delphi texnologiyalarini tez o'rganib chiqishim mumkin? Nimaga Delphi dasturlash tili haqida ma'lumotlar kam degan savollar keladi.

Birinchidan, Delphi dasturlash tili haqida ma'lumotlar yetarlicha va xozirda butun dunyoda Delphi bilan ishlayotgan dasturchilar yangi kitoblar va video kurslar ustida ishlashyapdilar. Misol uchun oxirgi 1-2 yilning ichida bir qancha yangi kitoblar dasturchilarga taqdim qilindi. O'ylayotgan bo'lishingiz mumkin, "QANAQA YANGI KITOB" deb! Xa, aynan shunday. Bunga albatta Delphichilarning ko'payayotgani, communityning esa yanada aktivlashib borayotganini misol qilishimiz mumkin.

Yangi kitoblar yozishdan maqsad, dunyodagi dasturchilarga Delphining imkoniyatlarini to'liq ochib berish deyishimiz mumkin. Misol uchun Marco Cantuning "Object Pascal Handbook" kitobida, Object Pascalning barcha modern fichalari haqida batafsil ma'lumot berib o'tilgan.

/uploads/image/Object Pascal Handbook.jpeg

Bunga qo'shimcha qilib, Nick Hodgesning "Coding in Delphi" kitobida, yuqori darajadagi mavzular juda aniqlik bilan yoritib berilgan. Bular, Delphi Spring4D framework, DUnitX nomli Unit Testing framework, Delphida Dependency Injection va Delphi Collections bilan ishlash.

Yana davom etadigan bo'lsak, Primoz Gabriyelchichning "Delphi High Performance" nomli kitobida, Delphi Memory Management, Delphi kompilyator sozlamalaridan to'g'ri foydalanish, Delphi Runtime kutubhonalarini to'g'ri boshqarish, Delphining PPL (Parallel Programming Library) kutubxonasidan foydalangan holda foydalanuvchilar uchun qotmaydigan(????) dasturlar yozish, ya'ni bir so'z bilan aytganda Delphi Concurrency Programming va shunga o'xshash qiziqarli va juda foydali ma'lumotlar yozilgan.

Shuningdek, yaqin 1-3 oy ichida bitta yangi video kurs va bitta yangi kitob taqdim qilinishi arafasida. Tepada keltirib o'tgan kitoblardan faqat bittasi tekin, qolganlarining narxi $10 dan boshlanadi. Lekin bu hammasi emas, siz uchun bir necha 100 soatlik video darslar(Webinar, Case Study) va shuningdek ko'plab bepul resurslarning ro'yxatini siz bilan ulashmoqchiman.

Dasturchilarga Delphida qilinayotgan o'zgarishlar va amalga oshirilayotgan ishlar haqida xabardor qilib turish uchun, ko'plab, Boot Camplar, Webinarlar va shunga o'xshash online yig'ilishlar o'tkazilyapdi. Qanaqa o'zgarish deyapsizmi?

Bo'pti!

Misol uchun, Delphining so'ngi naqlida Linux distributivlari bo'lgan, Ubuntu va RedHat operatsion sistemalariga dasturlar yozishingiz mumkin. Lekin qiziqarli tomoni shundaki, Delphining o'zida Linux OSlar uchun grafik dasturlar yozish imkoniyati yo'q (xozircha). Lekin bunga 3-darajali kutubhonalar asosida erishishingiz mumkin.

Yana, Delphining sevimli frameworklaridan biri DataSnap asosida RESTful servislar yozish. AppTethering texnologiyasi asosida IoT (Internet of Things) dasturlar yozish bo'yicha real loyihalar va ularni boshqarish haqida. Delphida yangi turdagi veb servislar qilishda Delphi uchun 3-darajali kutubxonlar yozishda oldinlab borayotgan TMS firmasining mahsulotlari haqida, Delphi & Arduino haqida va yana ko'plab yangi texnologiyalar (FireDAC, EMS, FastMM) haqida ma'ruzalarni ko'rishingiz mumkin.

Fikrimcha juda ajoyib! To'g'rimi?


Embarcadero Delphi Resurslar


Delphi Starter versiyasi bilan Delphini o'rganish

Demo dasturlar to'plami

Kitoblar

Videolar

Bloglar

Global guruhlar

Mobile Boot Camp

IoT Boot Camp


E'tiboringiz uchun katta raxmat! Agar savollar tug'iladigan bo'lsa, izoh qilib qoldirishingiz mumkin.


Abduraimov Mo'minjon - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Abduraimov Mo'minjon DelphiGuru


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 6

Online24
Online24
Delphini o'rganish bo'yicha shunga o'xshagan saytlar bormi
DelphiCoder
DelphiCoder
Shuncha saytlarni keltirib o'tdimku :)
WinStyle
WinStyle
😊😊😊 Ajoyib maqola!!!
DelphiCoder
DelphiCoder
Raxmat!
o3enzyme2
o3enzyme2
Maqola uchun katta rahmat!!! 👀👀👀
DelphiCoder
DelphiCoder
Arzimaydi!
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!