manba

№12 dars — LVM — logik disklarni boshqarish(kodlar orqali)

№12 dars — LVM — logik disklarni boshqarish(kodlar orqali)

Nazariyotdan amaliyotga ham yetib keldik. Agar nazariy qism bilan tanish bo'lmasangiz, «Linuxda, disklarni boshqarish haqida» maqolasini o'qing. Quyida disklarni boshqarishni to'liq misollar orqali ko'rsatib o'taman.
Disk nomlari sizning diskingiz nomlaridan farq qilishi mumkin va siz nomlarni berishda adashib ketmasligingiz uchun ogohlantirib o'tmoqdaman.(man /dev/sdb, dev/sdc) Bu komandalar linux ning Oracle Linux(Redhat) va Ubuntu distributivlarida tekshirib chiqilgan va qolgan distributivlarida ham ishlashi lozim. Demak boshladik…

Fizik tomni hosil qilish(physical volume(PV))

Dastlab, kompyuterga ulangan barcha disklarni ko'rib olamiz:

1#Fdisk –l

So'ng, bu disklardan razdellar hosil qilamiz:

1#Fdisk /dev/sdb

n, p,1,enter, enter, w(so'rovlarga shu simvollar orqali javob beramiz)

1#Fdisk /dev/sdc

n, p,1,enter, enter, w(so'rovlarga shu simvollar orqali javob beramiz)

Logical Volume (LVM) razdellar bilan ishlay olishi uchun, Physical Volume(PV)yaratamiz.

1

2

#pvcreate /dev/sdb1

#pvcreate /dev/sdc1

LVM ishlata oladigan barcha PV larni ko'rish uchun, quyidagi komandani teramiz.

1#pvdisplay

Volume Group(VG) hosil qilish.

Endi VG hosil qilamiz va unga nom berib, dastlabki PV ni qo'shamiz.

1#vgcreate Voll /dev/sdb1

Hosil bo'lgan Voll nomli guruhga, ikkinchi PV(/dev/sdc1) ni qo'shamiz.

1#vgextend Voll /dev/sds1

Barcha VG lar ro'yxatini va ular haqidagi to'liq ma'lumotlarni quyidagi komanda orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

1# vgdisplay

Logical Volume(LV) ni hosil qilish.

Endi hosil bo'lgan VG ni qismlar(tomlar)ga bo'lamiz. Quyida 10GB lik, nomi test1 deb nomlangan LV yaratamiz.

1# lvcreate -L 10G Voll -n test1

Hosil bo'lgan LV ni /dev/mapper/voll-test1 adres orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Endi 5Gb lik swap razdel yaratamiz va uni swapping deb nomlaymiz. Uni qo'shimcha parametr orqali hosil qilamiz:

1# lvcreate -C y -L 5G Voll –n swapping

Endi VG da qolgan barcha xajmni o'zida qamragan, test2 nomli yana bir razdel yaratamiz.

1# lvcreate -l +100%FREE Voll -n test2

LV lar haqidagi barcha ma'lumotlarni quyidagi kommanda orqali ko'rishimiz mumkin.

1# lvdisplay

LV ichida fayl tizimi yaratish va uni montirovka qilish.

Barcha LV lar yaratilgandan so'ng, ularni ishlatish kerak. Axir shuncha ishni bekorga qilganimiz yo'qku. Stooop. Ishlatishdan oldin ishchi holatga tayyor qilish lozim. Dastlab bu tomlarda fayl tizimini yaratamiz.

1

2

# mkfs.ext3 /dev/mapper/Voll-test1

# mkfs.ext3 /dev/mapper/Voll-test2

So'ng bu tomlarni qayergadir montirovka(ulashimiz kerak) qilish lozim. Keling ularni asosiy papkalar qatoriga montirovka qilamiz. Uning uchun asosiy kataloglar qatoriga test1 va test2 degan kataloglar ochib olamiz.

1

2

#mkdir /test1

#mkdir /test2

Va montirovka qilamiz:

1

2

# mount /dev/mapper/Voll-test1 /test1

# mount /dev/mapper/Voll-test2 /test2

Operatsion tizim bu montirovkani esida saqlab qolish uchun, /etc/fstab fayl ichiga quyidagilarni kodlarni qo'shib qo'yishimiz lozim bo'ladi.

/dev/mapper/Voll-test1 /test1 ext3 defaults 0 0

/dev/mapper/Voll-test2 /test2 ext3 defaults 0 0

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!