Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


№1 dars — Oracle Red Hat Enterprise Linux 5.9 operatsion tizimini o’rnatish

Bu maqolamda linux distributivlaridan biri OracleLinux 5.9(RHEL yoki RedHat) operatsion tizimini o'rnatishni ko'rsataman. Bu distributiv asosan Oracle MBBT uchun asoslangan bo'lib, lekin operatsion tizim uchun kerak barcha ishlarni ham amalga oshira oladi.

Dastlab, operatsion tizim dasturini internetdan ko'chirib olamiz va DVDROM orqali yuklaymiz. Bizga tanlash uchun menyu hosil bo'ladi va "Enter" ni bosib, o'rnatishni boshlaymiz.

So'ng, diskni test qilish kerakligini eslatib o'tadi, hohlasangiz OK ni bosib diskingizni xatolardan forig' ekanligini tekshirib oling.


O'rnatishni boshlaymiz NEXT


Operatsion tizimni o'rnatish davomida qaysi tildan foydalanishni tanlaymiz. English va davom ettirish uchun NEXT


Tizim uchun klaviatura tilini tanlaymiz. U.S. English va davom ettirish uchun NEXT

Eng muhim joylaridan biriga keldik. Select the drive(s) to use for this installation qismida mavjud disklar ro'yxati ko'rinadi. YUqori qismida tanlangan diskni qanday ishlatish kerakligini ko'rsatish zarur.

Agar 0 dan boshlab qo'yish kerak bo'lsa, diskdagi barcha partitionlarni o'chirish lozim bo'ladi. Uning uchun dastlabki Remove all partition… qtsmi tanlanadi.

Agar siz pastdagi Review and modify… qismini belgilasangiz, tanlangan disni o'zingiz qismlarga ajratishingiz kerak bo'ladi.

Agar belgilamasangiz tizim siz uchun disklarni bo'lib beradi. Biz bu holda belgilamaymiz va NEXT


Kerakli regionni tanlaymiz, albatta ASIA/TASHKENT NEXT


Super foydalanuvchi uchun parol kiritamiz(root uchun) va NEXT

So'ng paketlarni tanlash oynasi chiqadi. Bu yerda 2 ta yo'l bor.

Customize later – paketlarni keyinroq(operayion tizim o'rnatilgandan so'ng) o'rnatish.
Customize now – kerakli paketlarni shu yerni o'zida tanlab o'rnatish.
Biz bu maqolada paketlarni keyinroq o'rnatishni belgilaymiz va shu orqali biz tizimni tezroq o'rnatishga erishamiz.
Shu tariqa o'rnatishni boshlaymiz. O'rnatilgandan so'ng yana bir qancha sozlashlarni amalga oshirish kerak, ular haqida keyingi maqolalarda tanishasiz.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

mnishonov
mnishonov
Linux distributivlarini kompyuterning doimiy xotirasiga (HDD ga) o'rnatishda MULTISYSTEM dasturi juda qulay. Hozirgi kunlarda, odatda ko'pchilik USB flesh xotira qurilmasiga ega (kamida 4 GB hajmli). Kerakli Linux distributivni .iso tasvir ko'rinishida yuklab olib, uni USB xotira qurilamsiga MULTISYSTEM dasturi orqali ko'chirib, o'zidan yuklanuvchi (bootable) USB flesh yaratish mumkin. Bunday qurilma Linuxni doimiy xotiraga o'rnatmasdan turib ham unda ishlab ko'rish imkonini beradi (ko'p hollarda).
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!