Sherzod Startup 24-Aprel 10:38

G'alati savollar. Mijoz har doim haqmi?

Haridorlarga xizmatlarni taklif etish davomida yoki ularning qo'ng'iroqlariga javob berganimizda, ular tomonidan beriladigan, ko'p hollarda qaytariladigan, ba'zilari g'alati bo'lgan savollarga javob berishga majbur bo'lamiz. Ammo bizning holatda qisqa yoki qo'pol javobdan ko'ra, batafsil tushuntirish, haridorda ishonch paydo bo'lishiga olib keladi. Zero, ahmoqona ko'ringan savollar aslida haridorlar tomonidan nimanidir tasdiqlatish yoki ishonch hosil qilish uchun berilgan bo'ladi. Quyida biz…
Teglar: dastur mijoz apteka 0
Sherzod Startup 7-May 01:10

Fablet.uz - smartfonlar do'koni misolida muvaffaqiyatsiz startap

Fablet.uz haqida eshitmagan bo'lishingiz haqiqatga yaqin, sababi loyiha yarim yilgina ishladi xolos. 2014-yilning ikkinchi yarmida ishga tushgan sayt, Xitoydan smartfonlar olib keltirish uchun buyurtmalar qabul qilishga mo'ljallangan edi.Loyiha quyidagilar hisobiga ustunlik qilishi ko'zda tutilgandi:Past ustama narx.Tovarning kelish narxiga 15-20% qo'yiladi. Tahminan, Xitoydagi narxi $150 bo'lgan smartfon O'zbekistonga kelgach, haridorga $175-$180 ga…
Sherzod
Sherzod #
Maqola juda eski. Birnecha punktlar, shu jumladan CMSga o'tishning qiyinchiligi hozir aktual emas. HTMLdan CMSga o'tishni emas, freymworklardan CMSga o'tishning ustunlik va kamchiliklarini sanab o'tish kerak edi. Eng ko'p tarqalgan CMS - Wordpress haqida yozmaslik adolatsizlik bo'lardi, zero bugungi kunga kelib Wordpress dasturlashdan xabari bo'lmagan foydalanuvchilar uchun ham eng oson CMSga aylangan. Wordpressning matn konstruktori VisualComposer deyarli barcha standart sahifalar tuzish uchun qo'l keladi. Avada tema konstruktori esa zamonaviy korporativ saytlarni shunchaki admin qismidan turib, kod yozmasdan yasash imkonini beradi. Bir so'z bilan aytganda oddiy foydalanuvchilar uchun deyarli ideal CMS. Drupal aslida CMS emas, CMS quruvchi platforma. Freymwork va CMS o'rtasidagi konstruktor. Drupal oilasida 7.x versiya sayt dasturlash uchun eng yaxshi vosita edi. Drupal 8da esa juda katta o'zgarishlar qilib yuborishdi: OOP qo'shildi, composer, npmlar bilan ishlash yo'lga qo'yildi, eski hook tizimidan voz kechildi. Zamondan orqada qolmaslik uchun bu yaxshi ammo Drupal 8 ga dasturlashdan xabari bo'lmagan odam yaqinlasha olmaydigan bo'ldi. Qisqasi, Wordpress oddiy foydalanuvchilar tomon harakatlanayotgan bo'lsa, Drupal injenerlar, dasturchilar bilan ishlashni afzal ko'rdi.