Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Yangi yildan Telegram messenjerida qo'ng'iroq qilish mumkin bo'ladimi?

Telegram messenjeri foydalanuvchilari uchun eng qiziqarli ma'lumotlarni berishda davom etamiz! Maqolamizni esa Telegram messenjerining Kompyuter uchun mo'ljallangan talqini Telegram Desktop yangiliklari bilan ochib olamiz. Kuni kecha Telegram Desktop dasturining 0.10.22 Alpha talqini uning rasmiy saytida omma e'tiboriga havola etildi.

Ushbu talqinda bir nechta katta o'zgarishlar amalga oshirilgan bo'lib, asosiy o'zgarish uning mobil telefonlar uchun mo'ljallangan talqini singari dizaynga egaligi bilan ajralib turadi.

Shu bilan birga, endi Telegram Desktop dasturini foydalanuvchilar tomonidan tuzilgan Maxsus Mavzular (Тема) yordamida istalgan ko'rinishga keltirish imkoni mavjud.

Ekraningizdagi maxsus mavzuni Texnoman.uz saytining Telegramdagi Rasmiy Kanali orqali yuklab olishingiz mumkin. Diqqat, ushbu mavzularni faqatgina Telegram Desktopning 0.10.22 talqini orqali kanaldan yuklab olgandagina, o'rnatish imkoni mavjud.

Shuni qo'shimcha qilib o'tmoqchi edikki, agarda sizga qo'shimcha Mavzular manzur kelmagan holatda Telegram Desktop ni avvalgi holiga qaytarish uchun Settings bo'limidan "Use default color theme" punktiga kirib, "Keep changes" amalini tanlashingiz kerak bo'ladi.

Shuningdek, yangi talqindan huddi Android va iOS platformalardagi talqini singari o'zingiz uchun kerakli chatlarni barcha chatlardan yuqoriga biriktirib qo'yish imkoni o'rin oldi.

Keyingi qo'shimcha amal esa do'stlaringizni taklif qilgan guruhlar ro'yxati. Ushbu ro'yxatni do'stingiz haqida ma'lumot o'rin olgan oynadan topishingiz mumkin

Endi esa bugungi mavzuyimizning asosiy qismiga o'tsak ham bo'ladi. Telegram messenjeri dunyo yuzini ko'rganidan buyon ovozli va video qo'ng'iroq amalining o'rnini bosuvchi AudioYozuvlari bilan mashxur bo'lib, Telegram tuzuvchilari qo'ng'iroq amalini qo'shish niyati yo'qligini bir necha marotaba ta'kidlab kelishar edi. Lekin, .Telegram messenjeri raqibi WhatsApp ning ushbu amalni o'z messenjeriga qo'shishi Telegramning ham ishtahasini ochib yuborgan ko'rinadi. Yangi yildan Telegram ham qo'ng'iroq amalini qo'shishi haqida butun internetda shov-shuv ko'tarildi va messenjerning Android uchun mo'ljallangan norasmiy talqinining (Rasmiy emas) Sozlamalar sahifasidan yangicha sozlamaning o'rin olishi esa bu shov-shuvlar haqiqatga yaqin ekanligini ko'rsatib qo'ydi.

Biz esa Telegram dan foydalanishni hamda keyingi yangiliklarni kuzatib borishda davom etamiz!

Telegram Desktopning 0.10.22 Alpha talqinini ushbu havola orqali yuklab olib, sinovdan o'tkazishingiz mumkin!


pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 3

Qodiroff
Qodiroff
Telegram Desktopning 0.10.22 Alpha ushbu versiyani tas-ix dan yuklab olishni iloji bormi
pLaTiNuM
pLaTiNuM
hozirda Telegram Desktopning 0.10.25 Alpha versiyasi ham chiqdi! 15 MB holos Mirdan skachat qilsezam
Qodiroff
Qodiroff
mirga ruxsat yo'qda menda dump gami uzdiskgami tashlab bering
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!