Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Xitoyda Telegramni taqiqlashdi

Xitoy hukumati Pavel Durov jamoasi tomonidan yaratilgan Telegram dasturiga e'tiborlarini qaratishdi. 2015-yil 12-iyulidan boshlab ushbu xizmat butun mamlakat bo'ylab taqiqlandi. Taqiqlov sabibi siyosiy: "Inson huquqlari himoyachilari ushbu xizmat yordamida Kommunistik partiyaga va mamlakat hukumatiga qarshi hujum qilishgan".

Telegram - oxirgi vaqtlarda paydo bo'lgan, ma'lumotlarni shifrlovchi IM klientdir. Ular maxsus kriptografik usulni qo'llashadi. Uning yordamida, abonentlar o'rtasida maxsus himoyalangan kanal yaratiladi va abonentlar shaxsiy xabarlari manziliga yetib borgach, juda qisqa muddatdan so'ng yo'q qilinib yuboriladi va serverda hech qanday ma'lumot saqlanmaydi.

Xitoy o'z fuqarolarini ijtimoiy tarmoqlar va IM yordamidagi kommunikatsiyasini juda qattiq kuzatasi. Bunday xizmatlarga ular o'z serverlarini mamlakat hududida joylashtirganliklaridan keyingina faoliyat olib borishlariga ruxsat beradi.

Xizmatni taqiqlanishi xitoyliklar Telegramdan olib borilayotgan kommunikatsiyasini kuzatolmasliklaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda Telegram IM kriptografik himoyasi hech qanday havfsizlik jihatdan nuqsonlarga emasligi bilan mashxur.


Manba:

telegram himoya IM xitoy 14-Iyul 11:57 258

JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!