Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Windows OS da MAC manzilni o'zgartirish.

Ishimizda bugun juda qiziq voqea bo'ldi.
Kompyuterlar hammasi proksy orqali internetga chiqardi. Man o'tirgan kompyuter blakirovkaga tushib initernetga chiqmasdan qoldi. Birinchi IP bo'yicha qilsa kerak deb o'ylagandim, IP ni o'zgartirdim lekin yana shu ahvol. Keyin o'ylab, manimcha MAC manzildan bo'lsa kerak deb o'yladim. Va to'g'ri topgan ekanman.
Kelinglar endi Windows OS da MAC manzilni o'zgartirishga o'tsak.

Birinchi Пуск (Start) -> Выполнить… (Run) ga kirib "cmd" buyrug'ini bering. Qora oyna (console) ochilishi kerak. Unga "net config rdr" buyrug'ini bering. 1-rasmdagi ma'lumotlar chiqishi kerak.

Bunda qizil bilan berilgani (DF036736-75C9-4B00-BBD1-5B517390FD00) ni eslab qoling (yoki saqlab qo'ying). Yashil rangdagisi bu tarmoq adapteri MAC manzilidir. (Bu ma'lumotlar chiqishi uchun tarmoq aktiv (qo'shilgan) holda bo'lishi shart)

Endi yana Пуск (Start) -> Выполнить… (Run) ga kirib "regedit" buyrug'ini bering. Unda

rasm chiqishi kerak.
Bundan
HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\CurrentControlSet\Control\Class\{4D36E972-E325-11CE-BFC1-08002bE10318}
Joyga o'ting. U yerda 4 xonali raqamlardan iborat sonlar bo'lishi kerak. Ularning ichidan "NetCfgInstanceId" ning qiymati 1-rasmdagi qizil rangli matnga teng bo'lganini qidirib toping.

Agar shu papka ichida "NetworkAddress" li parametr bo'lmasa, uni yaratasiz. Agar bo'lsa unga qiymat berasiz. Bu parametr tarmoq adapteri MAC manzilini o'zida saqlaydi.
Yaratish, oynani ochiq joyida sichqonchaning o'ng tugmasini bosing va "Создать" dan"Строковый параметр" ni tanglang va unga "NetworkAddress" deb nom bering.


Va unga o'zingizning MAC manzilingizdan boshqacharoq MAC manzil bering.

Agar shu holatda ham internet ishlamasa unda IP ni ham almashtirib ko'ring. Ha yana MAC manzilni o'zgartirgandan keyin kompyuterni o'chirib-yoqish esdan chiqmasin.

Eski OpenNet.Uz saytidan.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

muhammadyusuf97
muhammadyusuf97
savov kompni qoshimcha telefon kiradigon linyasi bor internetga kirsa boladimi qanday qilib
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!