Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Texnoman 2 yoshda. Yil sarhisobi!

Assalom alaykum.

Mana 2016-yilni kuzatib, 2017-yilni ham kutib oldik. Va shu bilan birga, texnoman.uz sayti qayta ochilganiga ham ikki yil to'ldi.

Bu ikki yil biz uchun murakkab, lekin juda ham qiziqarli bo'ldi!

O'tgan ikki yil ichida Biz bir nechta katta va kichik muommolarga duch keldi, hostingni bir necha bor "parot qilishi"(Salom, ahost), oxirigacha test qilinmagan kodlarni "live"ga chiqishi, maqolalarni kamligi, foydalanuvchilarni jalb qilishdagi muommolar, tajribali bir nechta dasturchilardan kelgan tanqidlar va boshqa ko'plab biz kutgan va kutmagan "sovg'a"lar.

Shu bilan birga yaxshigina yutuqlarga ham erishdik!

Hozirgi kunda texnoman.uz saytida e'lon qilingan maqolalar soni 350'dan oshdi, jami ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni 700 ga yaqinlashdi. Bundan tashqari doimiy faollikda bo'lgan bir nechta telegram guruhlarimiz, telegram kanalimiz va botimiz, mover kanalimiz, facebook sahifamizda saytimiz foydalanuvchilari bizni kuzatib borishmoqda.

Minnatdormiz!

Aynan shu foydalanuvchilar tufayli biz doimiy ravishda ruhlanib, qilayotgan ishimiz, ya'ni texnoman.uz loyihamiz dasturlashni endi boshlayotgan dasturchilar, dizaynerlar, tajribali dasturchilar uchun kerakli va muhim bo'lgan muhitga aylangani, bizni to'g'ri yo'lda ekanligimizni ko'rsatmoqda. Shuni ta'kidlash kerak-ki, saytimiz atrofida yoshlar birlashdi va o'zlaridagi axborot texnologiyalariga oid bo'lgan savollarga javob topishmoqda. Eng muhimi yangi bilimlar olishmoqda!

Bir muhim narsani alohida ta'kidlash joiz, bu bizning do'stlarimiz, faol foydalanuvchilarimiz ko'rsatgan yordam va maslahatlar, bu yordamlarsiz Bizga ancha og'ir, judayam zerikarli bo'lar edi. Sizlarga katta rahmat!!!

Doim biz bilan!

Va albatta, pLaTiNuM, Mirshohid, DelphiCoder, Muzaffardjan, boboy, ts, myrubapa, @usermain, @Abdu_13, @TUITman, @supp0rt, @Edward_Snowden'larga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Asosiy rejamiz va vazifamiz!

O'tgan 2-yil davomida Biz yangi maqolalar yozish, boshqa tilda yozilgan maqolalarni o'zbekchaga tarjima qilishdan tashqari, internet olamida tarqab ketgan, bir joyda to'planmagan, ba'zida esa, umuman yopilib ketgan resurslardan axborot texnologiyalarga oid bo'lgan, deyarli barcha o'zbekcha ma'lumotlarni izlab, qayta tiklab, tahrirlab saytimizga joylashtirishga harakat qildik. Afsuski, o'sha resurslarni ko'plari yopilib ham ketdi. Shu sababli, biz kelajakda boshqa o'zbekcha ma'lumotlarni to'plashda davom etamiz.

Yangi g'oyalar!

Shu yerda, "MIT.uz" – Milliy internet tanlovida qatnashganimizni va unda faxrli 3-o'rinni olganimizni ta'kidlab o'tishimiz zarur. Sababi bu tanlovda qatnashganimiz biz uchun juda ko'plab yangi g'oyalar berdi, o'zimizdagi ko'plab savollarga javob oldik. Va bu g'oyalarni amalga oshirib, O'zbekistonda axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirishga harakat qilamiz.

Yaqin kelajakda!

Tez orada texnoman.uz'ga qiziqarli maqolalar, saytga qo'shimcha imkoniyatlar, Texnoman jamoasi tomonidan yangi loyihalar e'lon qilinadi.

Hamkorliklar, takliflar va fikrlar!

Biz har doim har qanday ko'rinishdagi hamkorlikga, taklifga tayyormiz. Marhamat, o'z fikringizni bildiring!

Doim izlanishda!

Fursatdan foydalanib, bir narsani sinab ko'rmoqchimiz: ushbu maqolaga keyingi 2 sutka davomida eng oxirgi Bildirilgan Fikrga 20.000 so'm sovg'a bor. Demak, 7-yanvar 00:00 dagi natija qabul qilinadi. Qani ketdik!


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 23

WinStyle
WinStyle
Sinab ko'ramiz!
Mirshohid
Mirshohid
To`g`risini aytsam shunga yutug`, shuncha imkoniyatlar, yangi loyihalaru qo`shimcha imkoniyat va servislar. To`g`risini aytsam loyiha boshida haqiqatdan ham qandaydir boshqacha edi, xozir yana ham rivojlanib, har tomonlama qulayliklarga ega bo`lindi! #WithTexnoman)
DelphiCoder
DelphiCoder
Texnoman.uz saytini ishlab chiqqan insonlarga katta rahmat! Aynan shu sayt orqali mening ko'plab javobsiz kelayotgan savollarim o'z javoblarini topdi! (va doimo shunday bo'lib keladi degan umiddaman!) Texnoman.uz sayti Liderlariga 2017-yilda omad, muvaffaqiyat tilab qolaman!
WebStyle
WebStyle
Hammaga omad!
texnoman
texnoman
Bitta odam bir necha marta yozsa bo'laveradi!
Abdulbosit
Abdulbosit
Saytga omad tilayman. Eski tanishlarni yana ko'rganimdan xursandman :))
WebStyle
WebStyle
Keling keling, bormisiz?
Abdulbosit
Abdulbosit
Keldim rahmat. Juda yaxshi ish boshlabsizlar)) Ishilarga omad
JONNY
JONNY
Abdulbosit uzmobdegimi?
Abdulbosit
Abdulbosit
aha, xuddi o'zim :))
Mirshohid
Mirshohid
Texnoman loyihasini yanada kengaytirish uchun bir nechta takliflani Murodjon aka`ga aytgan edim. Agar online serverlar tashkil qilinib, jonli darslar o`tila boshlasa ham loyiha uchun ham O`rganuvchilar uchun juda ham ajoyib ish bo`ladi!
WebStyle
WebStyle
Webinar mi ?
DelphiCoder
DelphiCoder
Tekinga ishlaydigan o'rgatuvchi topilsa, muammo 99% xal bo'lgan bo'ladi!
texnoman
texnoman
qaysi mavzular bo'yicha kerakligini aniqlab olsak, o'rgatuvchini izlab topamiz!
Mirshohid
Mirshohid
deyarli bizda hamma sohadan o`rgatuvchilar borku) Misol uchun meni o`zim Dizayn blogi bo`yicha darslar o`tishim mumkin. Haftada faqat 1 marta qilinsa ham menimcha hamma uchn foydali bo`ladi!
DelphiCoder
DelphiCoder
Men Yakshanba kunlari FireMonkey(Android OS, Windows...) va VCL(Windows) freymvorklaridan dars qilishim mumkin!
Mirshohid
Mirshohid
menimcha unchalik 99% bo`lmasa kerak, sababi anchagina ish qilinadi o`rgatuvchi topilganidan so`ng. Alohida serverlar va serverga mos dasturlar tanlab olinadi va sozlanadi
DelphiCoder
DelphiCoder
Endi... Ma'lum ma'noda ko'proq o'rgatuvchiga bog'liq emasmi?!
Mirshohid
Mirshohid
Agar imkon bo`lsa menimcha o`rgatuvchi har qanday vaziyatdan foydalanishni biladi! Xozir barcha sharoitlar yaratilib o`z kuzatib boruvchilarimizga erishadigan bo`lsak O`rgatuvchilar ham sekin astalik bilan o`zini ko`rsatadi, yoki o`zlarini ko`rsatishadi. Bu albatta xozirgi oddiygina shaxsiy fikrim!
texnoman
texnoman
Mirshohidni tabriklemiz! Tanlovchamizda g'olib chiqdilar! Mirshohid, nomerizi telegramdan yozib yuborasiz!
Mirshohid
Mirshohid
katta rahmat)) G`olib bo`laman deb o`ylamagan edim lekin. Texnoman kelajagi buyuk loyiha =)
Muzaffardjan
Muzaffardjan
Omad
Muzaffardjan
Muzaffardjan
Mirshohid $ yuvamiz
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!