Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


TATU'ga elektron shaklda hujjat topshirish

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi bilan birgalikda "TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI BAKALAVRIAT YO'NALISHLARIGA ELЕKTRON SHAKLDA XUJJATLARNI QABUL QILISH" pilot loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bazasida abituriyentlarga taqdim etish uchun tadbiq etilmoqda. Ushbu xizmat abituriyentlarga elektron raqamli imzoni qo'llagan holda yagona portal orqali masofadan turib TATU qabul komissiyasiga xujjatlarni topshirish imkonini beradi.

  1. Xizmatning ish rejimi: 2017 yil 15 iyun soat 9:00 dan – 2017 yil 10 iyul soat 18:00 ga qadar faol holatda bo'ladi.
  2. Yagona portal orqali xujjatlarni yuborishda elektron raqamli imzo (ERI) talab qilinadi (ERIni Soliq inspeksiyasining tuman va shahar bo'linmalaridan olish mumkin).
  3. Abituriyent elektron variantda quyidagilarga ega bo'lishi lozim:

rangli fotografiya 3,5x4,5 o'lchamda (Rangli fotografiyaga talablar: rangli, JPG, JPEG yoki PNG formatda, orqa fon oq va rasmiy kiyimda. Shu bilan birga, fotografiyaning asl nusxasini dasturiy vositalar bilan o'zgartirish qat'iyan ma'n etiladi. Shu kabi harakatlarga yo'l qo'ygan murojaatchiga xizmat orqali xujjatlarni yuborish va qabul qilish ruxsat etilmaydi)

Quyidagi xujjatlarni skanerlangan nusxalari:

  • o'rta maktabni tugallaganligini tasdiqlovchi xujjat (attestat) yoki o'rta maxsus yoki kasb hunar ta'lim muassasasi xujjati (diplom)
  • harbiyga chaqiruvga aloqadorligi haqidagi xujjat (harbiy bilet yoki b.)
  • abituriyentni shaxsini tasdiqlovchi xujjat (Pasport)

* Izoh: Xujjatlarni muvaffaqiyatli yuborgan va qabul qilinganligi haqida ma'lumotnoma olgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan beriladigan "DTM ruxsatnomasi"ni olgani kelganida TATU Qabul komissiyasiga biometrik ma'lumotlarni berib ketishlari shart.

4. Abituriyentga 3 kun mobaynida Yagona portalda ro'yxatdan o'tayotgan vaqtida kiritgan mobil telefon raqami, elektron pochta manzili yoki shaxsiy kabinetiga xujjatlari qabul qilinganligi haqida tasdiq xati yuboriladi.

    Ushbu xizmat quyidagilarga imkon beradi:

  • Jarayonning shaffofligini ta'minlash
  • 7/24 rejimida uzluksiz ishlashni ta'minlash
  • Viloyatlardan kelgan abituriyentlarni yo'l va kunlik harajatlarini iqtisod qilish
  • Vaqtni tejash
Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 7

Ilyas
Ilyas
Объясните пожалуйста что означает ""DTM ruxsatnomasi"ni olgani kelganida TATU Qabul komissiyasiga biometrik ma'lumotlarni berib ketishlari shart."? И в списке нету формы 086/У т.е его можно и не сдавать?
sraziqochibket
sraziqochibket
махсус сиртки булимга электрон хужжат топшириш мумкинми? Канака килиб?
texnoman
texnoman
https://tuit.uz/maxsus-sirtqi-bolim mana shu yerda to'liq ma'lumot olishingiz mumkin.
Ilyas
Ilyas
3 дня уже жду ответа. забросили эту тему
Umida
Umida
Elekrton xujjat topshirish qanday amalga oshiriladi? Bu haqida Davlat yagona interaktiv portalda xech qanday ma'lumot yo'q ku
sraziqochibket
sraziqochibket
Elekrton xujjat topshirish qanday amalga oshiriladi? Bu haqida Davlat yagona interaktiv portalda xech qanday ma'lumot yo'q ku
texnoman
texnoman
https://my2.gov.uz mana shu yerdan topshirish mumkin.
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!