Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Rust - dasturlash tili

Rust -bu tizim dasturlash tili bo'lib, u Mozilla tomonidan yangi eksprement sifatida ishlab chiqarilgan. Bu tilni yaratishda uning mualliflari oldilariga 3 masalani hal qilishni maqsad qilib olishgan:

  1. Xavfsiz dasturlash tili yaratish;
  2. Tez ishlaydigan dasturlash tili yaratish;
  3. Parallel ishlash uchun mo'ljallangan dasturlash tili yaratish.

Rust dasturlash tili kompilyatsiya bo'ladigan dasturlash tili bo'lib, u qaysidir ma'noda C/C++ ning o'rnini bosishi uchun yaratilgan. Albatta, bu masalada bir muhim ma'lumotni qayt etish kerak, ya'ni, shu kungacha ko'plab kompaniya va dasturchilar tomonidan C/C++ ning ko'plap muqobil raqobatchilari yaratilgan. Masalan, D dasturlash tili yoki Googe tomonidan ishlab chiqilgan Go dasturlash tili...

Yuqorida keltirilgan 3 masalaga yechim topishda Rust dasturlash tili hech qanday axlat tozalovchilarsiz bajarish uddalangan. Kompilyatsiya vaqtida Rust xavfsizlik yuzasidan ko'plab tekshiruvlarni amalga oshiradi. Buning natijasida, Rustda yaratilgan dasturlash ishlash vaqtida ba'zi kutilgan va kutilmagan resurslar sarflanishini oldi olinadi. Shu sababli, Rust dasturlash tili boshqa raqobatchi dasturlash tillariga nisbatan ustunlik qiladi.

Rust dasturlash tili o'z navbatida funksional, parallel, protsedurali va obyektga yo'naltirilgan dasturlashni qo'llab-quvvatlaydi, ya'ni hozirda ko'plab loyihalarda qo'llanilayotgan dasturlash paradigmlarining deyarli barchasini.

Rust uchun quyidagi fikrlar o'rinli:

  • Rust dasturlash tili krossplatformali bo'lib, u Windows, Linux va MacOS operatsion tizimlarida ishlaydi;
  • Rust kompilyatori Rust dasturlash tilida yozilgan va u LLVMdan foydalanadi;
  • Rust dasturlash tili turlarni avtomatik chiqarish bilan aniq statik turlashni ishlatadi;
  • Rust dasturlash tilida metadasturlash mavjud(turlangan);
  • Rust kompilyatori

Quyida Rust dasturlash tilidan yozilgan bir nechta dasturlar kodi keltirilgan:

Bu odatiy "Hello World" dasturi:

use std;
fn main(args: [str]) {
    std::io::println("hello world from " + args[0] + "!");
}

Bu faktorialni hisoblovchi funksiya kodi

fn fac(n: int) -> int {
    let result = 1, i = 1;
    while i <= n {
        result *= i;
        i += 1;
    }
    ret result;
}

Rust dasturlash tili Go dasturlash tiliga o'xshab strukturali tiplarni qo'llab-quvvatlaydi. Rust dasturlash tilida strukturalar "yozuvlar" deb nomlanadi.



WinStyle

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!