yangi

Pokemon GO qanday o'ynaladi?

Pokemon GO qanday o'ynaladi?

Bundan avvalgi maqolamizda sizlarga Pokémon GO o`yini va uni Android va iOS tizimidagi smartfonlarga qanday qilib o`rnatish haqida ma`lumot berib o`tgan edik. Agar siz ushbu o`yinni o`ynashni boshlagan bo`lsangiz ekrandagi ko'p narsalar sizga notanish tuyulishi mumkin. Bugungi maqolamizda Biz sizlarga ularni tushuntirishga harakat qilamiz.

Pokemonlar kimlar?

Yosh avlod vakillari pokemonlar haqida ko`p ma'lumotga ega bo`lmaganligi tufayli avvalo gapni pokemonlar tarixidan boshlasak.

«pokemon» so`zi "Pocket Monster" ingliz so`zlarining birlashmasidan olingan bo`lib, "cho`ntak maxluqi" ma`nosini anglatadi. Ushbu maxluqotlar 1996-yilda Yaponiyada o`ylab topilgan bo`lib, o`yinlar, filmlar va komikslar orqali juda katta mashhurlikka erishgan . Pokemonlar paydo bo'lgandan beri omma ular haqida unita boshlagan bir vaqtda, kutilmagan marka sifatida qayta "tug`ildi".

Eng avvalo Pokémon GO ni qanday o`ynash haqida gaplashib olsak. 20 yil mobaynida pokemonlar olamida bir qancha o`zgarishlar, yozilgan va yozilmagan qonunlar, an`analar paydo bo`la boshladi va ularni bir-biridan ajratish ancha mushkul bo`lib qoldi.

Demak, "cho`ntak maxluqlarining" hozirda 721 turi aniq va ularning 174 tasigina o`yin ichiga kiritilgan. Pokeomlarning har biri o`ziga yarasha hususiyatga ega.

O`yinchining eng birinchi vazifasi ushbu pokemonlarni tutishdir, buni esa sayohatingiz davomida ko`chada amalga oshirish mumkin. Buning uchun smartfoningizdan GPS va mobil internetni yoqib, Pokémon GO ni ishga tushirib, safarga otlanasiz. Sizning barcha harakatlaringiz o`yinning ichki xaritasida namoyon bo`ladi.

Pokemonlarni qanday izlab topaman va qanday tutaman?

Xaritada Pokemonlar joylashgan aniq bir joy ko`rsatilmaydi. Lekin ularning qayerda joylashganini anglatuvchi belgilar paydo bo`ladi. Eng avvalo, xaritada qimirlab turgan o`t va barglarga e`tibor qaratish kerak.

Ekranning o`ng quyi qismida joyashgan indikatordan ko`zingizni uzmang, u yerda sizning atrofingizda mavjud bo`lgan pokemonlar ko`rsatiladi. Yana bir bor qaytaramiz, shunda ham yo`lingizda pokemonlarni uchratishingizga kafolat berilmaydi. Aynan shu hislat o`yinni yanada qiziqarliroq qilishga katta hissa qo`shadi.

Agar siz pokemonni yo`lingizda uchratsangiz uning rasmi ekraningizda paydo bo`ladi. Uni qo`lga olish uchun uning rasmiga bosing so'ngra, uni qo`lga olish oynasi hosil bo`ladi. Ekranning quyi qismida pokebol (qizil-oq shar) hosil bo`ladi. Pokebolni ushlab uni pokemonga qarat oting va uni maxluq ustida ushlab turing.

Tutdim, endi nima qilaman?

Pokémon GO ning asosiy maqsadlaridan biri har bir bo`limga tegishli bo`lgan maxluqlarni tutish hisoblanadi. Sizning barcha to`plamlaringiz sizning "pokedeks" ingizda saqlanadi va sizdan uni to`ldirish talab etiladi.

Pokemonlar nima uchun kerak deysizmi? Ular orqali siz jang musobaqalarida qatnashishingiz mumkin. Har bir maxluqning joni (Hit Points — HP), jang ochkosi (Combat Points — CP) va hujumlari (Moves) mavjud.

Xaritadagi tebranib turgan narsalar nima?

Bu Pokestoplar — pokebollar, pokemon tuxumlari va boshqa qiziqarli narsalarni topish mumkin bo`lgan sirli makonlardir. Odatda ular qiziqarli joylarda, masalan, arxitektura, tarix va madaniyat yodgorliklari yaqinida joylashgan bo`ladi.

Qachonki siz pokestopga yaqinlashganingiz sari u kattalashib boradi va ekranda uning rasmi yumaloq disk ko`rinishida namoyon bo'ladi. Diskni aylantiring va bonuslarga ega bo`ling. Hosil bo`lgan bonuslarni ustiga bosgan holda ularni terib oling.

Katta minoralar nima uchun?

Qachonki siz 5-bosqichga yetganingizda sizdan jamoaga a`zo bo`lishingiz so`raladi. Ana shu minoralar (o`yin terminlariga ko`ra u "gim"lar deb ataladi) jamoa birlashgan joy hisoblanadi. Siz gimlardagi tutilgan pokemonlarni ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Buning uchun har bir o`yinchi gimlarga o`zining faqatgina bitta pokemonini joylashtirishi mumkin. Gimlarga qo`yilgan pokemonlarni janglarda sinovdan o`tkazish va mashg`ulot zallarida bosqichni ko`tarishingiz mumkin bo`ladi.

Gimlarning mustahkamligi ortib borgani sari ularni yengish qiyinlashib boraveradi, agar gimning mustaxkamligi nolga teng bo`lib qolsa, u gimni boshqarish jamoa nazoratidan chiqib ketadi va boshqa pokemonlarini joylashtirgan jamoa nazoratiga o`tib ketadi. Shunday tarzda eng kuchli pokemonlarga ega bo`lgan jamoalar yangidan-yangi mashg`ulot zallariga ega bo`lib boraveradilar.

Ushbu o'yin davomida smartfoningizdan chalg'ib yo'l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so'raymiz!


pLaTiNuM - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 16

WinStyle
WinStyle
2 minutda ikkita ushladim man. Umumiy 3 ta bo'ldi.
generalboss
generalboss
koptok tugab qolsa nima qilish kerak? Pul ham yo'q.
pLaTiNuM
pLaTiNuM
menimcha pokestopga boras u yerda sizga pokebol bilan tuxum beradi
WebStyle
WebStyle
Pokemonlarni tutdim. endi ularni nima qilish kere?
pLaTiNuM
pLaTiNuM
urishtirib o'ynasez kereda )) men hali oynamadim :)
pLaTiNuM
pLaTiNuM
urishtirib o'ynasez kereda )) men hali oynamadim :)
WebStyle
WebStyle
vay, o'ziz hali o'ynab ko'rmadizmi?
pLaTiNuM
pLaTiNuM
Android 4.2 edi shunga
Mirshohid
Mirshohid
siz ham tutib yuribsizku xD
Mirshohid
Mirshohid
xato ketib qolibdi ) Siz ham tutib yuribsizmi deb yozmoqchi edim uzur :-D
pLaTiNuM
pLaTiNuM
birovlani telida tuttim xolos ))
WebStyle
WebStyle
qoil)
WebStyle
WebStyle
qoil)
superman
superman
Maqola uchun rahmat.
Ertugul
Ertugul
Bir mashhur bo'ldiyu, keyin yo'q bo'lib ketdi. Attang...
BuyukVatan
BuyukVatan
Afsuski shunday.
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!