Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


PHPExcel kutubxonasida Excel fayllar yaratish (1-qism. Tushuncha)

Assalomu aleykum! 1-2 oy oldin PHP yordamida MySQL ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlardan foydalanib MS Excel fayliga eksport qilishim zarur bo'lib qoldi. Shunda albatta ko'pchilik kabi Google`ga murojaat qildim va GitHub`da PHPOffice deb nomlangan repozitoriyani topdim. Shu repozitoriya ichida PHPSpreadsheet kutubxonasi bo'lib, bu kutubxonadan foydalanib PHP yordamida har qanday turdagi MS Excel hujjatlarini yaratish mumkin (har qanday turdagi deganda hisobot, o'quvchilar ro'yxati va h.k) va albatta mavjud MS Excel faylidan ma'lumotlarni o'qish va taxrirlash ham cho't emas. Demak, ishni boshlaymiz!

1. Kutubxonani o'rnatish

kengaytmalari mavjud bo'lishi lozim (bu kengaytmalar o'ylashimcha barcha pullik serverlarda va OpenServerda ham mavjud). Kutubxonani https://github.com/PHPOffice/PHPExcel manzili orqali yuklab olamiz va serverga (yoki lokal: Denwer, OpenServer, XAMP...) joylab arxivdan chiqaramiz.

PHPExcel yordamida hozircha Excel 2007 va undan oldingi versiyadagi excel fayllarni generatsiya qilish mumkin, shuningdek HTML, PDF kabi formatlarda ham generatsiya qilish mumkin.

2. PHP yordamida Excel fayl yaratish

<?php
// kutubxonani biriktiramiz 
require("PHPExcel.php");

$temp = new PHPExcel();
//ishlash zarur bo'lgan listni belgilaymiz
$temp->setActiveSheet(0);
//A ustundagi 1-satrga "Salom dunyo" so'zi kiritiladi
// B ustun 1-satrga "Hello world!" so'zi kiritiladi
$temp->setCellValue("A1","Salom dunyo!")
    ->setCellValue("B1", "Hello world!");
//fayl generatsiya qilish klassiga murojaat
// $temp - yozilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar, parametrlar va h.k
// "Excel2007" - generatsiya qilinadigan faylning excel versiyasi (2003 va 97 larni ham
ishlatsa bo'ladi)
$file = PHPExcel_IOFactory::createWriter($temp, "Excel2007");
//faylni saqlaymiz
$file->save("Salom_dunyo.xls");
?>

Demak brouzer orqali yaratgan PHP faylni ochganimizda PHP fayl qayerda joylashgan bo'lsa shu katalogga fayl generatsiya qilinadi.

Bu blogdagi ilk postim. Keyingi postda excel fayldagi ma'lumotlarni yozishni ham, o'qishni ham to'liq yozaman. Hammaga raxmat!



iphpdot

Muallif haqida

Sharipov Javlonbek Jahongir o'g'li Java. PHP, HTML5&CSS3


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 2

iphpdot
iphpdot
1. Kutubxonani o'rnatish Adminlar xato bo'lib ketibdi: kengaytmalari mavjud bo'lishi lozim (bu kengaytmalar o'ylashimcha barcha pullik serverlarda va OpenServerda ham mavjud). Shuni to'g'irlash mumkinmi?
iphpdot
iphpdot
Test
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!