Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Online Dasturlashni o’rganish uchun ENG zo’r saytlar

Juda ko'plab yosh dasturchilar, dasturlashni qayerdan va qanday o'rgansam ekan degan savollarni beraverishadi, albatta bu yaxshi, lekin shu savollarni berishdan oldin internetdan oddiygina so'rovlar orqali juda ko'plab dasturlash bo'yicha manbalarni topish mumkin...

Men sizga dasturlashni o'rganish uchun eng zo'r 5ta saytni ro'yxatini bermoqchiman. Nafaqat dasturlash balki, ko'plab dasturlash tillarini bemalol video darslar va mashqlar yechish orqali tezda o'rganib olishingiz mumkin bo'ladi.

1 – The New Boston

  • Video darslar.
  • C, C++, Java, HTML, JavaScript va boshqa ko'plab texnologiyalar.
  • O'rganish : Oson.

The New Boston (Yangi Bo'ston ;) veb saytida juda ko'plab mavzularda video darslar mavjud. Videolar 5 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etadi va har bir mavzu o'zida 50 dan ko'p qismlardan tashkil topgan.


2 – Codecademy

  • Mashqlar.
  • Veb texnologiyalar : HTML, JavaScript, CSS, Python, Ruby, PHP.
  • O'rganish : Oson.

Agar siz dasturlashni bilmasangiz yoki endi boshlayotgan bo'lsangiz, bu sayt sizga juda katta yordam beradi. Codecademy o'zida juda oson tushuntirilgan maqolalar va mashqlardan tashkil topgan. Har bir mashqlarni bajarib borsangiz sizga "badge" beriladi. Yana bu saytning eng zo'r imkoniyati, yozgan kodlaringizni shu payti tekshirib xatolaringizni aytib boradi.


3 – Dasturlashni murakkab yo'l bilan o'rganing

  • Elektron kitoblar.
  • Tillar : C, Python, Ruby, Regex, SQL.
  • O'rganish : O'ziga yarasha murakkabligi mavjud.

Bu sayt sizga hech qayerda yo'q bo'lgan yo'llar va mashqlar asosida dasturlashni o'rganishga yordam beradi. Ya'ni siz dasturlashni kitoblar orqali o'rganasiz. Lekin saytdagi kitoblar pullik. Saytdagi Python haqidagi kitob yarim milliondan ortiq marta yuklab olingan.


4 – Wibit.net

  • Video darslar
  • C, C++ ,C#, Java, Python

Wibit.net saytini boshlovchilar uchun deyishimiz mumkin. Sayt sizga darslarni, dasturlash tillarining tarixlaridan boshlaydi, albatta bu yaxshi. Saytda siz dasturlashni va dasturlash tillarini kuchli o'rgatadi. Saytdagi elektron kitoblarni Play Store va App Store lardan ham yuklab olish imkoniyati mavjud.


5 – W3Schools

  • Mashqlar va maqolalar.
  • HTML, JavaScript, PHP, CSS, ...
  • O'rganish : Oson.

Siz dasturlashni umuman bilmasangiz, ya'ni oldin dasturlash bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz, bu sayt ham sizga juda katta yordam beradi. Bu sayt ma'lum ma'noda veb texnologiyalariga qaratilgan. Shu bilan birga, boshqa texnologiyalar ham mavjud.

Agar siz yana shularga o'xshash katta bazaga ega saytlarni bilsangiz izoh qilib yozib qo'ying! E'tiboringiz uchun raxmat!

Manba:


DelphiCoder

Muallif haqida

Abduraimov Mo'minjon Delphi, Java, Android, Windows, C++ Builder, SQL, WP, Web Delphi.Uz


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

Zafarbek07
Zafarbek07
Ok
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!