Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Nuqtalar ortida yashiringan maxfiy so’zni qanday ko’rish mumkin?

Turli saytlarda login hamda maxfiy so'zni (parol) terib kirganingizda brauzerlar sizga ularni saqlab qolishni taklif etadi. (Сохранить пароль? Save password?) Bu bilan sizda keyingi safar ularni qayta terib o'tirmasdan kirish imkoniyati tug'iladi. Boshqa foydalanuvchilar sizning maxfiy so'zingizni ko'ra olmasliklari uchun ular nuqtalar orqali ifodalandi.

Lekin, ba'zida foydalanuvchilar o'z maxfiy so'zlarini unitib qo'yadilar. Brauzer bu ma'lumotlarni o'z xotirasida saqlab qolgani uchun, foydalanuvchilar bemalol sahifalariga "maxfiy so'zlarini" unutgan holda kiraverishadi. Ammo, boshqa komputer, telefon yoki brauzerlar yordamida sahifaga kirish uchun baribir maxfiy so'z kiritilishi talab etiladi. Shunday vaziyatlarda nima qilish kerak? Brauzer xotirasida saqlangan, nuqtalar orqali ifodalangan maxfiy so'zni qanday qilib ko'rsa bo'ladi?

Bu quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Maxfiy so'z kiritiladigan joyga bosib, sahifa tuzilishini ko'ramiz. "Посмотреть код" (Ctrl+Shift+I)
  2. Brauzerning o'ng tomonida sahifa kodlari paydo bo'ladi. type="password" so'zidagi password o'rniga "text" so'zini kiritib, "enter"ni bosamiz.

Endi bemalol nuqtalar ortida yashiringan maxfiy so'zni ko'rishingiz mumkin!

Manba:

chrome parol xavfsizlik 11-Dekabr 01:28 183

JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!