yangi

Dasturchilar qancha oylik olishadi? (2016-yil bahor)

Dasturchilar qancha oylik olishadi? (2016-yil bahor)

Bu savolni ko'pchilik endi dasturlashni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar berishadi. Bunga asosiy sabab esa albatta eng "yog'li" dastulash tilini o'rganish va uning yordamida ko'p pul ishlashdir. Lekin bu masalada shoshib qaror qabul qilish yaramaydi. Chunki, inson avvalo o'z qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib o'zi uchun dasturlash tilini tanlasa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Dasturlash huddi biron bir asar yozishga o'xshaydi. Asar kitob qilib yozilishidan avval oddiy oq qog'ozdir. U hech qanday ma'noga ega emas, hech qanday qadr-qimmati ham yo'q. Uning narxi deyarli bepul. Lekin, yozuvchi aql-idrokini ishga solib, o'z tasavvuri va sirli qalami yordamida o'sha oddiy oq qog'ozga ma'no beradi, jon bag'ishlaydi, uning qadr-qimmatini oshiradi(ba'zida bebaho ham qiladi). Endi u bir parcha oddiy qog'oz emas, u endi qandaydir sarguzasht yoki fantastik yoki ishqiy asardir. Odamlar uni o'qib, undan ma'naviy ozuqa olishlari mumkin. Dunyo qarashlarini boyitishlari yoki qandaydir zaruriy bilimga, ilmga ega bo'lishlari mumkin. Kompyuterlar, telefonlar, planshetlar, har xil texnikalar ham huddi o'sha oddiy qog'ozga o'xshaydilar. Kerakli dasturiy ta'minotsiz u bir parcha temir-tersakdir. U hech qanday xususiyatga ega emas. Insonlar uchun hech qanday naf keltirmaydi. Lekin dasturchi o'z bilimlarini, aql-idrokini ishga solib huddi o'sha temir-tersakka jon bag'ishlaydi. Ularni insonlarga xizmat qilishi uchun kerakli amallarni qiladi. Shunday ekan to'g'ri tanlov qilish tanlov qilayotgan odamga kelajakda "buyuk, nasriy, ommabop asarlar" yozishi uchun mustahkam poydevor bo'ladi. Quyida har xil dasturlash tillarida "asarlar" yozadigan dasturchilarnining o'rtacha oyliklari keltirilgan. Odatda dasturchilarning oyliklari biron bir davlatda aniq belgilab qo'yilmagan. Biron bir davlatda har bir kompaniya o'zining iqtisodiy holatiga, loyihalariga, mijozlariga qarab, dasturchilarning bilimlari va bajarayotgan vazifalariga ko'ra, qo'l ostidagi har bir dasturchi uchun individual oylik to'lashi mumkin. Ushbu jadvaldagi raqamlar vakantsiya taklif qiladigan resurslarni analiz qilish natijasida aniqlangan. Maoshlar shartli birlikda keltirilgan.

Dasturlash tili / DavlatO'zbekistonda(sh.b.)Rossiyada(sh.b.)Ukrainada(sh.b.)AQSHda(sh.b.)
1C dasturchi350-8001000-4000700-30005000-7000
C++ dasturchi300-14001000-5000800-35004000-10000
PHP dasturchi200-1000500-3000300-20004000-8000
Java dasturchi350-23002000-50001000-20005000-12000
Sql, Oracle dasturchi500-16003000-50001000-30005000-15000
ATB(avtomatik tizimlar boshqaruvi) dasturchi300-11001000-1500500-10003000-5000
.NET dasturchi350-2500500-80001000-40007000-13000
Delphi dasturchi400-750500-1500500-10002000-5000
Python dasturchi350-900400-6000800-35004000-10000
Object C dasturchi500-1800500-70001200-35005000-12000
JavaScript dasturchi300-8001500-4000400-15004000-9000
Flash dasturchi250-700300-1000300-50004000-6000
Tizim administratori400-12001000-2000800-20002000-10000

Bu "narx-navo"lar muallifning shaxsiy izlanishlari natijasida aniqlangan va hech qanday yuridik kuchga ega emas yoki sohada o'lchov birligi(standard) sifatida olinishi maqsadga muvofiq bo'lmaydi.

O'qing, o'rganing, dasturlang va dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiring!!!


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!