Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Belarus Yuqori Texnologiyalar Parki haqida

Toshkentdagi Inha Universitetida "Belarus Yuqori Texnologiyalar Parki"(Belarus YTP) asoschisi Veleriy Vilyamovich Sepkalo bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Valeriy Sepkalo aytishicha, ular ushbu texnoparkni yaratishlaridan oldin, mamlakarda AKT ekporti hajmi 14 million dollarga teng bo'lgan. Ular keyingi 10 yil davomida ushbu qiymatni 350 million dollargacha oshirishni reja qilishgan. Ko'p mehnat va kerakli harakatlar evaziga 2016-yilga kelib Belarus Republikasida AKT ekporti hajmi 950 million dollargacha o'sdi va Belarusning ko'plab kompaniyalari dunyoga tanildi.

Mehmonning fikricha, texnopark yaratishni eng avvalo qonunchilikdan boshlash kerak, ya'ni oddiy imtiyozlardan emas, balki, AKT'ning o'ziga xos jihatlarini hisobga olib, soliqqa tortishning maxsus kompleks rejimlaridan boshlash kerak. Masalan, mashinasozlikda mehnat to'lovlari fondi uchun sarflanadigan mablag' umumiy harajatlarning 10%ini tashkil etsa, AKT sohasida bu raqamlar 70-80% ga teng. Va bu soliqqa tortishda hisobga olinishi kerak. Shuni ta'kidlash joizki, bular oddiy imtiyozlar emas, ular 3 barobar bo'lib o'zini oqlaydi. Hozirda AKT sohasining Belarus Yalpi ichki mahsulotlar(YaIM) qo'shayotgan xissasi mamlakat sanoatida tan olingan avtomobil va traktor ishlab chiqaruvchilardan yuqoridir.

Keyingi muhim bosqich - kadrlash tayyorlash. Bunga har xil yo'llar bilan erishish mumkin, YTP misolida:

  1. Hozirda faoliyat olib borayotgan oliy ta'lim muassasalarida katta kompaniyalar laboratoriyalarini yaratish. Kompaniyalarning yetakchi mutaxassislari talabalar uchun darslar o'tishadi, shu bilan ularga eng zamonaviy dasturiy ta'minotlar ishlab chiqarish bo'yicha amaliy bilim berishadi;
  2. Boshqa soha vakillarini dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi dasturchilar sifatida qayta tayyorlash(pullik bo'lishi mumkin);
  3. Dasturchilar uchun o'z malakalarini oshirish uchun maxsus kurslar(pullik bo'lishi mumkin).

Ta'lim vaqti o'zini ko'rsata olgan eng yaxshi talabalar kompaniyalar tomonidan tanlab olinadilar va bu kompaniyalar ularni nafaqat ish bilan ta'minlaydilar, balki, ularni ta'lim olishlari uchun sarflangan pul mablag'ini qoplab ham beradilar.

Bundan tashqari, YTPda akseleratorlar, hakatonlar ishlaydi, mamlakatning boshqa hududlari ham jalb etiladi, bularning hammasi "qozonda bir-biri bilan aralashadi, bir-birini to'ldiradi, bir-biriga yordam beradi", natijada yangi g'oyalari va innovatsion harakatlar vujudga keladi.

Ba'zi raqamlar(YTP saytidan olingan):

  1. Yuqori Texnologiyalar Parkiga a'zo kompaniyalar tomonidan yaratilgan mobil dasturlardan 193 ta davlatda 1 milliarddan ko'proq odam foydalanadi;
  2. Yuqori Texnologiyalar Parkida dunyoda eng ko'p foydalaniladigan dasturlardan biri ishlab chiqariladi;
  3. Yuqori Texnologiyalar Parkida ishlab chiqarilgan o'yinlardan biri dunyoda 5 ta eng ko'p foyda keltiradigan o'yinlardan biri hisoblanadi;
  4. Yuqori Texnologiyalar Parki mijozlari (Forbes ma'lumotiga ko'ra), dunyodagi eng katta 10 ta korporatsiyadan 5 tasi hisoblanadi;
  5. Yuqori Texnologiyalar Parki a'zolari orasida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun loyihalanadigan dasturiy ta'minotlar va yechimlar ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko'rsatuvchilar mavjud;
  6. Yuqori Texnologiyalar Parkining 6 a'zosi "The Global Outsourcing 100® - Xalqaro autsors mutaxassislari assotsiatsiyasi" reytingi bo'yicha eng yaxshi 100 talikdan joy olgan;
  7. Yuqori Texnologiyalar Parkida har yili yangi muvaffaqiyatli loyiha dunyoga keladi: "Tanklar Dunyosi" o'yini, Apalon kompaniyasi, Viber, MSQRD va boshqalar;
  8. 2005-yilning 22-sentabrida Belarus Respublikasi Prezidentining "Yuqori Texnologiyalar Parki haqida" №12 Dekreti imzolangan;
  9. 2006-yil iyun oyida parkka birinchi 4 ta a'zolari qabul qilingan;
  10. Yuqori Texnologiyalar Parkining 30%dan ko'proq ishchisi ayol kishilardir;
  11. Yuqori Texnologiyalar Parkining 50%dan ko'proq ishichisi 28 yoshga to'lmagan yoshlardir;
  12. Yuqori Texnologiyalar Parkining mijozlari dunyoning 67 mamlakati kompaniyalaridir;
  13. Yuqori Texnologiyalar Parkida ishlab chiqariladigan dasturiy ta'minotlarining 91%i eksportga yuboriladi, 43.2%i AQSHga, 49.1%i G'arbiy Yevropaga va 5.3%i Rossiya va MDH mamlakatlariga yuboriladi.

Valeriy Sepkalo bir necha bor shuni ta'kidladiki, dasturchilarni yig'ish, ularni birlashtirish doimiy yig'ilib, o'sib boradigan effekt yaratadi. Bu esa o'z navbatida o'zaro muloqot va axborot almashinuvi hisobiga yangi g'oyalarning dunyoga kelishini va ularni amalga tadviq qilish va yaratilinish tezligini oshiradi.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!