Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


Android uchun dasturlashni o'rganing va yuqori darajali mutaxassisga aylaning

Android dasturlash - Mobil Taraqqiyot

Dasturlashni endigina boshlovchilar yoki shu sohaga qiziquvchilar qaysi yo'nalishni tanlash kerak va uning yaqin kelajagi qanday degan savol qiziqtiradi. Albatta, tanlangan yo'nalish jamiyatga foydasi tegadigan, kelajagi bor va eng muhimi yuqori daromadga olib keladigan bo'lishi kerak.

Hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli barchasi mobil qurilmalarga ega ekanligi hammaga ma'lum. Bu qurilmalarning juda katta qismi Android operatsion tizimida ishlaydi. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, aqlli qurilmalar(smart devices)ning 80% dan ortiq qismi Android tizimida ishlaydi. Android tizimi keng imkoniyatli, dasturchilarga qulay, bepul va albatta ochiq kodlidir.

Android qurilmalar

Android operatsion tizimi — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim bo'lib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli pleyerlar, qo'l soatlari, netbuklar, smartbuklar va smartfonlarda ishlaydi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin.

2012-yilning 3-choragida sotilgan smartfonlarning 75 %ida Android operatsion tizimi oʻrnatilgan edi. Bugungi kunga kelib 50 milliarddan ortiq android ilovalari ro'yhatga olingan. Bu android tizimida ishlaydigan qurilmalarning ko'pligi va ular uchun ilovalarga talablarning yuqoriligini ko'rsatadi. AQSHning barcha shaharlaridagi android dasturchilari uchun yillik maosh o'rtacha 68 000$ - 82 000$ oralig'ida qilib bergilangan. O'zbekiston sharoitida Siz boshqalar uchun dasturlarni yozib berish bilan tajribangizga qarab oylik $500 - $2 000 va unda ham ko'proq topa olasiz.

O'zbekiston sharoitida statistikalarga qaraganda dasturchilarning soni aholining 0.3% dan ham kamroq ekani ko'rsatmoqda, ya'ni 3000 atrofida degani. O'zbekiston sharoitidagi android ilovalarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish uchun ancha kam ko'rsatkich. Android tizimida dastur tuzishning qulayligi va imkoniyatlarni cheklanmaganligi bu tizimni ommalshishiga turtki bo'lmoqda.

Kimlar o'rgana oladi

Dasturlashni o'rganish uchun Siz aynan axborot texnologiyalar sohasida ishlashingiz shart emas. Buni istagan inson o'rganishi mumkin, Siz yurist, iqtisodchi, o'qituvchi yoki istalgan boshqa kasb egasi bo'lishingizdan qat'iy nazar o'rgana olishingiz mumkin. Bu Siz o'ylaganingizdek unchalik qiyin emas ham, unchalik murakkab jarayon ham emas. Faqat huddi hayotdagidek to'g'ri fikrlash, to'g'ri yondashishni bilsangiz bo'lgani. Umuman olganda Sizda mantiq bo'lsa va shu sohaga qiziqishingiz yuqori bo'lsa bas.


Dasturlashni o'rganing, chunki u fikrlashni o'rgatadi

Professional o'quv markazi. Boshlang'ichdan to mutaxassisgacha

O'zbekistondagi Android dasturlash va uning taraqqiyotini inobatga olib, Sizlarga "Personal Development Process" o'quv kurslarini tavsiya etamiz. Bu yerda Siz belgilangan vaqt oralig'ida tizimli ravishda to'liq hajmda Android dasturlash kurslarida dasturchi bo'lib chiqishingiz mumkin bo'ladi. O'quv mazkazi kurslarida qatnashib, Siz dasturlash sohasidagi boshlang'ich bilimlar olishdan boshlab, tayyor mutaxassis bo'lib yetishishingiz mumkin.

Mazkur kursning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  1. Yuqori darajali dasturchilarni kashf etish;
  2. Davlat organlari va xususiy tashkilotlarga dasturchilarni tayyorlash va yaxshi o'zlashtirgan dasturchilarni tavsiya etish;
  3. Kurslarni yaxshi o'zlashtirgan dasturchilarni o'zimizning jamoa(team) ga taklif etish.

Dars jarayonidan lavha

Hozirgi kunda o'rganish kerak bo'lgan ilmlar juda ko'p. Bularni qisqa vaqt ichida sifatli o'rganish uchun esa Sizga yaxshi murabbiy kerak bo'ladi. Yangi formatda, yangicha ko'rinishda bilimlaringizni oshiring. Darslar ofisda developerlar uchun ajoyib bo'lgan muhitda o'tkaziladi.

Kurslarning davomiyligi qanday?

Android dasturlashni to'liq kursi 5 oyga mo'ljallangan bo'lib, haftasiga uch marta - haftaning toq yoki juft kunlari, ikki soatdan bo'lib o'tadi. Kurslar mazmunidan kelib chiqqan holda modul tizimiga asoslangan bo'lib, uchta moduldan iborat:

Module 1. Java core basics

Birinchi modulda dunyodagi dasturchilar eng ko'p foydalanadigan Java tili asoslarini o'rgatiladi. Bu modulda quyidagi tushunchalar bilan tanishiladi: Data Types, Variables, Arrays, Operators, Classes, Inheritance, Interfaces;

Module 2. Module. Beginner Android Development

Ikkinchi modulda Android studio bilan ishlash mahoratiga ega bo'lasiz. Bunda sizga quyidagi bilimlar beriladi: Standard components, activities, listview, dialogs, animations, notifications, menus;

Module 3. Advanced Android Development

Uchinchi modulda android ilovalarni jahon standarti bo'yicha tayyorlash ko'nikmalariga ega bo'lasiz va yuqori darajali mutaxassisga aylanasiz. Ushbu modulda quyidagi bilimlar va tushunchalarga ega bo'lasiz: Adaptive, database, rest api, service, fragment, thread, widget, multitouch, location, orientation, broadcast;

Qayerga murojaat etish mumkin?

Personal Development Process o'quv markazi Toshkent sh. Mirobod tum. Afrosiyob ko'ch. 4-uy. "Grand Trade" Biznes markazi.

Mo'ljal: Kosmonavtlar metrosi. Turkmaniston elchixonasi to'g'risida.

Shuningdek, qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagilardan foydalangan holda bilib olishingiz mumkin.

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @pdp_uz

Telegram kanal: @pdpuz

Pochta: www.pdp.uz@gmail.com

Facebook: fb.me/pdp.uz


PDPUZ

Muallif haqida

PDPUZ


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!