Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


5-dars - Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.

O'zgaruvchi – xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.

Oddiy qilib tushuntiradigan bo'lsak, o'zgaruvchi – ma'lum bir turdagi ma'lumotni o'zida saqlovchi va o'lchami chegaralangan idish. Tushunarliroq bo'lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savatga suv sola olmaymiz o'zgaruvchilar ham shunday bir turdagi o'zgaruvchi uchun ajratilgan joyga boshqa turdagi o'zgaruvchini saqlay olmaymiz.

4 litrlik idishga 5 litr suv quya olmaymiz, chunki idishga 4 litr suv sig'adi. O'z-o'zidan kelib chiqadiki, 5 litrlik suvni saqlash uchun kattaroq idish tanlashimiz kerak. O'zgaruvchilar ham shunday ma'lumotning o'lchami xotiradan ajratilgan joydan oshib ketsa dasturda xatolik yuz beradi.

5 baytlik butun sonni ma'lumot turi int bo'lgan o'zgaruvchiga saqlay olmaymiz, chunki int = 4 bayt. Bu turdagi ma'lumotni saqlash uchun long dan foydalanamiz.

Types of Variable – o'zgaruvchi turlari

Javada 3 ta o'zgaruvchilar turi mavjud:

  1. local variable
  2. instance variable
  3. static variable

  • local variable – funksiya ichida e'lon qilinadi va bu o'zgaruvchilar lokal (mahalliy) o'zgaruvchilar deyiladi.
  • instance variable – class ichida e'lon qilinadi
  • static variable – static deb e'lon qilingan o'zgaruvchi static o'zgaruvchi deyiladi. Bu local(mahalliy) bo'lishi mumkin emas.

Misol uchun:

class A {     

    int data=50; //instance variable      
    static int m=100; //static variable     
    void method() {     
    int n=90; //local variable      
  }     
 } //endof


Javada ma'lumot turlari (data types)

Javada ma'lumot turlari 2 ta:

  1. Sodda (primitive )
  2. Sodda bo'lmagan (non primitive)

ularning oraliq qiymatlari

Quyidagi misolda ham o'zingiz ko'rishingiz mumkin:

public class Varibles {
     
    public static void main(String[] args) {     
    System.out.println(Character.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Byte.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Short.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Integer.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Long.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Float.SIZE / 8 + " byte");     
    System.out.println(Double.SIZE / 8 + " byte");     
    }     
 }
Manba:


Gayratjon

Muallif haqida

Rayimjonov G'ayratjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

star
star
salom menga darslariz yoqti! lekin men oddiy telefonlar jar farmatdagi telefonlarga dastur yaratmoqchiman shunga nechta darssizdan keyin dastur yaratsam bo'ladi. 3-darsdi ko'rdim adashmasam oddiy dastur yaratish edi nomi lekin u drasni ko'rib dastur yarata olmadim men dastur yaratishim uchun nechta darssizdi ko'rishim kerak darssiz yaxshi ammo vediosi bo'lsa yaxshi bo'lardir.siz oddi jar for. dastur yaratish vediosi qo'ysayiz siz katta yutuqqa erishardiz
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!