Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


3-dars - MySQL xizmatini yoqish, unga ulanish va dastlabki so’rovlar

MySQL ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimini o'rganishni davom ettiramiz. Oldingi maqolada, boshqarish tizimini o'rnatish va dastlabki sozlash amallarini ko'rib chiqdik. Endi MySQL bilan bevosita ishlaymiz.

Dastlab, MySQL xizmatini ishga tushiramiz. Buning uchun bizga «Командная строка» kerak bo'ladi, CTRL+R tugmalarini bosib, «Выполнить» oynasini chiqaramiz va «cmd» deb yozamiz. Buyruqlar yozish uchun mo'ljallangan oynaga MySQL xizmatini ishga tushirish buyrug'ini teramiz.

C:\>net start mysql56

mysql56 — MySQL MBBTni berilgan nom(odatda bu nom mysql56 bo'ladi).

Xizmatni o'chirish esa, «stop» Orqali amalga oshiriladi.

C:\>net stop mysql56

Xizmatni yoqish va o'chirishni ikkinchi yo'li, «Service» bo'limi orqali. «Выполнить» oynasini ochamiz va u yerga «services.msc» buyrug'ini teramiz. So'ng hosil bo'lgan oynadan «mysql56» xizmatini topib, xizmatni o'chiramiz yoki yoqamiz(sichqoncha o'ng tugmasini bosib, «Остоновить» yoki «Запустить«).

Endi, MySQL bazasiga ulanishni ko'rsatib o'taman. Dastlab, 'MySQL Command Line Client'ni ishga tushiramiz. Bu utiliti, MySQL bilan birga o'rnatilgan bo'lib, barcha kodlar(so'rovlar)ni shu utilita orqali ishlatamiz. ПУСК -> ВСЕ ПРОГРАММЫ -> MySQL -> MySQL Server 5.6 -> MySQL 5.6 Command Line Client. MySQL MBBTni o'rnatgan paytda «root» foydalanuvchisi uchun berilgan parolni kiritamiz va ulanishni amalga oshiramiz.

Qaysi foydalanuvchi bilan ulanganini bilish uchun, quyidagi buyug'dan foydalanamiz.

mysql>select user();

Natija root@localhost, bu degani «root» foydalanuvchi va host nomi «localhost«.

MySQL 5.6 Command Line Client utilitasi, «root» foydalanuvchisi bilan ishlashga sozlangan. Buni utilita «Свойства»sidan ko'rish mumkin.

Agar, boshqa foydalanuvchi bilan ulanmoqchi bo'lsangiz, «Командная строка» orqali MySQL o'rnatilgan papkaga o'tamiz va «mysql» utilitasini kalit so'zlar orqali ishga tushiramiz.

Rasmdan ko'rinib turibdiki, ulanish quyidagicha amalga oshirilmoqda:

mysql -h localhost -u root -p test

-h host nomi;

-u foydalanuvchi nomi

-p parol. Oxirida ulanayotgan ma'lumotlar ombori nomi(uni bermasa ham bo'ladi, keyinroq tanlab olinadi).

Parol, keyingi qatorda alohida kiritilmoqda. Bu xavfsizlik jihatidan qilinmoqda. Bitta qatorda ham berish mumkin, lekin unda begona odam parolni ko'rib qolishi mumkin, ya'ni

mysql -h localhost -u root -pakmal

Parol kalit harf «p»ga qo'shib yoziladi.

Ulanishni natijalarini «status» buyrug'i orqali bilib olish mumkin.

mysql>status

Keling endi so'rovlar berib ko'ramiz, dastur versiyasi va vaqtni chiqaramiz(version() va current_date() funksiyalaridan foydalanamiz).

Vaqt ham kerak bo'lsa, NOW() funksiyasini ishlatamiz.

Barcha so'rovlar nuqta-vergul(;) bilan tugashi shart, bu orqali dastur buyruq tugaganini biladi.

So'rov yozishda, kalit so'zlardan foydalanganda registrning ahamiyati yo'q(katta, kichik harflarni farqi yo'q), ya'ni quyidagilar bir xil ma'noga ega

mysql> SELECT VERSION(), CURRENT_DATE;
mysql> select version(), current_date;
mysql> SeLeCt vErSiOn(), current_DATE;

So'rovlar yozishda, ko'p uchratiladigan quyidagi belgilar mavjud:

mysql> — Yangi buyruqni kutish.

-> — Ko'p qatorli so'rovlarni, keyingi qator buyruqlarini kutish(ko'p hollarda bu belgi buyruq oxirida «;» belgisini yozish esdan chiqib qolganda sodir bo'ladi).

' > — bittalik qo'shtirnoq ochilib, qaytib yopilasa, shu xabar ekranga chiqadi.

«> — ikkitalik qo'shtirnoq ochilib, qaytib yopilasa, shu xabar ekranga chiqadi.

Agar, so'rov ishga tushmasdan oldin xato yozilgani ma'lum bo'lib qolsa, «\c» orqali boshlang'ich holga qaytib kelish mumkin.

Hozircha shu, ma'lumotlar omboriga ulanish, keyingi maqolalarda bo'ladi.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!