Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


21-dars - Javada Collection (To’plam)

Javada to'plamlar(collection'lar) framework bo'lib, u o'zida obyektlarni saqlaydi.

To'plamlarda barcha jarayonlar ( saralash, qidirish, yozish, o'chirish va h.k lar)ni oson amalga oshirish mumkin.

To'plamlar bir necha interface'lardan tashkil topgan. Ular ( Set, List, Queue, Deque etc.) va klass'lar (ArrayList, Vector, LinkedList, PriorityQueue, HashSet, LinkedHashSet, TreeSet va h.k).

To'plamlar obyektning alohida ko'rinishi.

To'plamlar frameworklar tuzilishi noma'lum bo'lgan obyekt guruhlarini o'zida yig'adi. To'plamlar ma'lumot yig'ishi bilan massivlarga o'xshab ketadi. Farqi massiv o'lchami statik To'plamlarniki esa dinamik, massiv bilan top'lamlarni qurilishi bir biridan tubdan faq qiladi va h.k.

To'lamlar java.util paketida saqlanadi.

List

List dublikat(takrorlangan, aynan bir obyektni ikki marta qabul qilishi) elementlarni o'z ichiga olishi mumkin. Elementlar joylashtirilgan yoki ro'yxatda o'z holatiga ruxsat etilishi mumkin.

Listdan implement qiladigan klasslar

  • ArrayList
  • LinkedList
  • Vektor

Set

Set ham To'plam, u o'zida dublikat elementlarni saqlamaydi. Set'dan asosiy 3 ta klass implement oladi ular: HashSet, TreeSet, va LinkedHashSet, HashSet elementlarni hashlab hash jadvaliga yig'adi. Treeset elementlarni daraxtsimon va saralangan holda saqlaydi.

Setdan implement qiladigan klasslar

  • HashSet
  • LinkedHashSet
  • TreeSet

Map

Map key (kalit qiymati) ham value(kalitga mos qiymat)i ham obyekt bo'lgan collection'dir. U o'zida dublikat(takrorlangan) bo'lgan key'larni saqlamaydi. Map'dan 3 ta class implement oladi HashMap, TreeMap, va LinkedHashMap. HashMap : elementlarni hashlab yozadi, TreeMap : elementlarni qiymati(value) asosida saralab yozadi.

Mapdan implement oladigan klasslar

  • HashMap
  • TreeMap
  • LinkedHashMap

Iterator/ListIterator

Iterator va ListIteratorlardan to'plamlarning elementlarini qaytarishda foydalaniladi

To'lamlarninig ba'zi funksiyalari

NFunksiya nomlariTa'rifi
1public boolean add(Object element)To'plamga ma'lumot yozishda foydalanilari
2public boolean addAll(Collection c)Belgilangan to'plarlarni yozishda ishlatiladi
3public boolean remove(Object element)To'plamni elementini o'chirishda ishlatiladi
4public boolean removeAll(Collection c)Belgilangan to'plamlarni o'chirishda ishlatiladi
5public boolean retainAll(Collection c)
6public int size()To'plam elementlar sonini qaytaradi
7public void clear()To'plamni elementlarini o'chiradi
8public boolean contains(Object element)Element qidirishda ishlatiladi
9public boolean containsAll(Collection c)Belgilangan to'plamlarni qidirishda ishlatiladi
10public Iterator iterator()Iterator qaytaradi
11public Object[] toArray()To'plamni massivga o'giradi
12public boolean isEmpty()To'plamni bo'sh yoki bo'sh emasligiga tekshiradi
13public boolean equals(Object element)Ikkita to'plamni bir-biri bilan solishtiradi
14public int hashCode()To'plamni hash code dagi raqamini qaytaradi
Manba:


Gayratjon

Muallif haqida

Rayimjonov G'ayratjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!