Texnoman

Assalomu alaykum! Siz Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlar portaliga tashrif buyurdingiz! Loyihamizning asosiy maqsadi haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kirish A'zo bo'lish


Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, dono, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari shart.

- Islom Karimov


20-dars - Javada interfeys

Javada interfeyslar orqali to'liq abstraktsiyani tashkillashtirish mumkin. Interfeys tarkibida funksiyalarning faqat nomlari bo'lishi mumkin, ularning tanasi bo'lishi mumkin emas(Java 8 dan boshlab default funksiyalarga funksiyaning bajarilish qismi yozilishi qo'shildi). Shuningdek, Interfeys tarkibida ma'lumotlar bo'lishi ham mumkin.

Interfeyslarda o'zgaruvchilar e'lon qilinmaydi unda faqat o'zgarmas qiymatlar – final qiymatlar e'lon qilinadi.

Interfeysga bitta misol keltirsak.

public interface Dasta {
    void ishlatilishSohasi();
    void tayorlanganMatirial();
    void size();
}

Dasta nomli interfeys yaratildi, unda ishlatilishSohasi(), tayorlanganMatirial(), size() nomli funksiyalari bor.

public class Pichoq implements Dasta{
    @Override
    public void ishlatilishSohasi() {
        System.out.println("Pichoq uchun");
    }
    @Override
    public void tayorlanganMatirial() {
        System.out.println("Yog'och");
    }
    @Override
    public void size() {
        System.out.println("15 sm");
    }
    public static void main(String[] args) {
        Pichoq pichoq = new Pichoq();
        pichoq.ishlatilishSohasi();
        pichoq.tayorlanganMatirial();
        pichoq.size();
    }
}

Ko'rib turganingizdek, klass yaratildi va Dasta interfeysidan (implement olindi) foydalanildi. Bu holatda dasta barcha dastasi bor obyektlar uchun umumiydir.

default funksiyaga misol:

interface Formula {
    double calculate(int a);
    default double sqrt(int a) {
    return Math.sqrt(a);
    }
}

Formula formula = new Formula() {
    @Override
    public double calculate(int a) {
        return sqrt(a * 100);
    }
};
formula.calculate(100);     // 100.0
formula.sqrt(16);

Esda tuting: Java kompilyatori interfeys tarkibidagi funksiyalarga public va abstract kalit so'zlarni, interfeys tarkibidagi ma'lumotlarga esa public, static va final kalit so'zlarni qo'shadi.

Bir klass bir vaqtda bir nechta interfeyslardan foydalanishi (implementation) mumkin. Quyidagi misolga qarang:

interface Printable{
    void print();
}
interface Showable{
    void show();
}
class A implements Printable,Showable{
    public void print(){System.out.println("Salom");}
    public void show(){System.out.println("Hush kelibsiz");}
    
    public static void main(String args[]){
        A obj = new A();
        obj.print();
        obj.show();
    }
}    

Quyidagi misolda klass interfeysdan foydalanadi, interfeys esa boshqa interfeysdan nasl oladi:

interface Printable{
    void print();
}

interface Showable extends Printable{
    void show();
}
class A implements Showable{
    public void print(){System.out.println("Salom");}
    public void show(){System.out.println("Hush kelibsiz");}
    public static void main(String args[]){
    A obj = new A();
    obj.print();
    obj.show();
    }
}

Shunindek, bir interfeys tarkibida boshqa bir interfeys bo'lishi ham mumkin:

interface Xat {
    void xatKeldi();
    interface xatHabar{
    void xatHabarKeldi();
    }
}

Abstrakt klass va interfeys o'rtasidagi farqlar

Abstrakt klassInterfeys
Abstrakt klassda abstrakt va abstrakt bo'lmagan funksiyalar bo'ladiInterfeysda faqat abstrakt funksiyalar bo'ladi
Classlar faqat bitta abstrakt klassdan meros olishi mumkinClasslar bir nechta interfeyslardan meros olishi mumkin
Abstrakt klasslarda final, non-final static va non-static bo'lgan o'zgaruvchilar bo'lishi mumkinInterfeysda esa faqat final va static o'zgaruvchilar bo'ladi
Abstrakt klaslarda static funksiyalar, main funksiyalar va konstruktorlar yaratish mumkinInterfeysda esa static funksiyalar, main funksiyalar va konstruktorlar yaratib bo'lmaydi

Interfeys va abstrakt klasslarga misol:

//interface da 4ta method yaratilyapti
interface A {
    void a(); abstract
    void b();
    void c();
    void d();
}
// B abstrakt klassi yaratilyapti va A interfeysdan foydalanilyapti
abstract class B implements A{
    public void c() {System.out.println("Men c man ");}
}
class M extends B{
    public void a(){System.out.println("Men a man ");}
    public void b(){System.out.println("Men d man ");}
    public void d(){System.out.println("Men d man ");}
}

class Test5{
    public static void main(String args[]){
    A a=new M();
    a.a();
    a.b();
    a.c();
    a.d();
    }
}

Natija :

Men a man

Men b man

Men d man

Men c man

Manba:


Gayratjon

Muallif haqida

Rayimjonov G'ayratjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!