manba

2-dars - Java qismlari.

2-dars - Java qismlari.

Java bir necha qismlarni o'z ichiga oladi va ular :

1. Simple (oddiy)
2. Object-Oriented (obyektga yo'naltirilgan)
3. Platform independent (mustaqil platformalar)
4. Secured (himoyalangan)
5. Robust (kuchli)
6. Architecture neutral (neytral arxitektura)
7. Portable (ixcham)
8. Dynamic (dinamik)
9. Interpreted (interpretatsiyalangan)
10. High Performance (yuqori tezlik)
11. Multithreaded (ko'p potokli)
12. Distributed (model bo'yicha taqsimlanish)

Simple (Oddiy)

Javaning sintaksisi C++ ga asoslangan. Shuning uchun C++ tilini biladiganlar Javani oson o`rganishadi. Lekin undagi ko`pchilik xususiyatlar olib tashlangan. Masalan: Pointer(ko`rsatkich)lar bilan to`g`ridan to`g`ri ishlash, ya`ni Javada alohida ko`rsatkich tushunchasi yo`q. Operatorlarni qayta yuklash ham olib tashlangan.

Object-Oriented (Obyektga yo'naltirilgan)

Object – oriented dasturda turli xil obyektlarini ularning turli xil hususiyatga ega ma'lumotlarni qo'shish tushuniladi.

Obyektga yo'naltirilgan dasturlash (oops) metodologiyasi ba'zi qoidalar bilan ta'minlash orqali dasturiy ta'minot ishlab chiqish xizmatini soddalashtiradi

Oop (Obyektga yo'naltirilgan dasturlash) asosiy tushunchalari:

  1. Object (Obyekt)
  2. Class (Klass)
  3. Inheritance (Vorislik)
  4. Polymorphism (Ko'p formalik)
  5. Abstraction (Mavhumlik)
  6. Encapsulation (Yashiringanlik)

Platform Independent (Platforma mustaqilligi)

Dastur bajarila oladigan ixtiyoriy apparat yoki dasturiy muhit platformadir. Platformani 2 turi mavjud:

  1. Software-based (Dasturga asoslangan)
  2. Hardware-based (Qurilmaga asoslangan).

Java Software-based (Dasturga asoslangan) platformasini ta'mininlab beradi. Java platformasi ikki komponentdan iborat boshqa dastur bajarilishi ta'minlovchi platforma va qurilma platformasi bularga

  1. Runtime Environment (Bajarilish muhiti)
  2. API(Application Programming Interface – dastur uchun dasturlash interfeysi)

Java kodlari bir nechta platformalarda ishlash qobilyatiga ega bo'lib, ular:

  • Windows
  • Linux
  • Sun Solaris
  • Mac/OS va.h.k.

Java kod kompilyatsiya bo'lganda platforma uni bayt kodga o'girib beradi, bayt kod esa mustaqil kod bo'lib, boshqa platformalarda ishlash qobilyatiga ega.

Secured (Xavfsiz)

Java xavfsiz chunki:

  • Ochiq ko'rsatkichga ega emas
  • Dastur virtual mashina muhitida ishlaydi

C++ dasturlar Operatsion Tizimning bajarilish muhitidan foydalanadi

Java dasturlar o'zining bajarilish muhitidan foydalanadi

Robust (Kuchli)

Robust – kuchli degan ma'noni bildiradi. Java kuchli xotira boshqaruvidan foydalanadi.

Manba:


Rayimjonov G'ayratjon - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Rayimjonov G'ayratjon


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 1

islom1133017
islom1133017
fikrlarim yahshi raxmat
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!