manba

№1 Dars - Yii framework haqida

№1 Dars - Yii framework haqida

Assalomu alaykum aziz o`quvchi! Biz siz bilan birgalikda hali ko`pchilik uchun uncha tanish bo`lmagan Yii tehnologiyasi haqida gaplashmoqchimiz.
Yii – bu ko`p tarmoqli web ilovalar qurish uchun yuqori sifatli komponentlar asosidagi PHP – framework strukturasidir. U katta kodlardan qayta va qayta foydalanishda moslashuvchanlikni va web ilovani tezkoriligini oshirishiga imkon beradi. Qisqa qilib aytganda oddiy, samarali va keng ko`lamli php – framework.
Keling PHP frameworklarning o`zaro imkoniyatlarini chamalangan holda ko`rib chiqaylik.

MVC: Model-View-Controller arxitekturasi bo`yicha qurish imkoniyatiga ega.

Multiple DB's: Bir ma`lumotlar omboridan boshqa bir qancha ma`lumotlar omboriga o`zgartirishlarsiz amalga oshirilishi xususiyatiga ega.

ORM: ActiveRecord da ma`lumotlar obyekti bog`lanishi arxitekturasini amalga oshirish.

DB Objects: Ma`lumotlar ombori bilan ishlash xususiyatiga ega. ( Insert, Delete, Update kabilar)

Templates: Qurilgan shablonlar mexanizmi frameworkiga ega.

Caching: Berilgan obyektlarni keshlash yoki shu kabi boshqa uslubdagi keshlashga ega.

Validation: Ma`lumotlar oqimini tekshirish yoki filtrlash xususiyatiga ega.

Ajax: Frameworkda ajax tehnologiyasi orqali ishlash xususiyatiga ega.

Auth Module: Foydalanuvchilarni authentication qilishda o`zining maxsus moduliga ega.

Modules: Frameworkning o`zida maxsus komponentlarga ega (misol uchun: PDF moduli, RSS moduli). Ya`ni foydali komponentlar jamlanmasi

EDP: Event Driven Programming. Eventlar bilan ishlash xususiyatiga ega. Misol uchun jquery kutubxonasining click, dbclick eventlari kabi.

Qo`shimcha ma`lumot: Har bir framework o`zining biznes logikasiga ega va bu logika frameworkning qaysidir qismida yotadi. Yiining biznes logikasi Modelda joylashgan. Biznes logika deganda - qurilayotgan web ilovaning asosiy qismini tashkil qiluvchilari tushuniladi. Masalan: Validation, beforeSave, afterSave kabilar shular jumlasidan. Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

Zakir
Zakir
PHP дейишади фрамеворк Angular git hub react.js react.native shu atamalar nima ozi googledan korip chiqdim tayinli javob yoq hammasi IT tilida tushuntirilgan. Bittasida java scriptga tegishlidek korsatishgan. Bur jadval yoqmi java scriptga shular tegishli php ga bular dep koraatilgan. Nima qlshga hayrinman hammayerda harhil korsatilgan
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!