yangi

​Texnoman.uz “MIT.uz” tanlovi - g'olibi!

​Texnoman.uz “MIT.uz” tanlovi - g'olibi!

Assalom alaykum.

2016-yil 17-dekabr kuni Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da "MIT.uz" – Milliy internet tanlovi g'oliblarining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Bu yilgi tanlov o'zgacha bo'lib o'tdi. Sababi o'tgan yildagi tanlovdan farqli ravishda bu yilgi "MIT.uz" – Milliy internet tanlovida "MIT.UZ Programming contest 2016" tanlovi, "MIT.UZ Open Data Challenge 2016", "MITUZ Robot Wars" ham qo'shilib MIT.UZ haftaligiga aylandi va o'zgacha bir bayram ko'rinishini oldi. "MIT.UZ Open Data Challenge 2016" tanlovida mentor sifatida qatnashdik. Unda o'ziga xos zavq, kelajak uchun yangi-yangi go'yalar, ishonch oldik.

Bu yilgi "MIT.uz" – Milliy internet tanlovida bizning Texnoman.uz saytimiz ham "Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt" va "Eng yaxshi shaxsiy blog" nominatsiyalarida qatnashdi va "Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt" nominatsiyasi bo'yicha faxrli 3-o'rinni oldi. Shu nominatsiya bo'yicha 1-o'rin Sardorbek Dushamovning mylingvo.uz saytiga, 2-o'rin esa Nuruddin Iminoxunovning englishlife.uz saytiga nasib etdi. Umuman olganda, 1 va 2 o'rinlar begona bo'lmadi. Shu o'rinda "MIT.UZ" - tanlovi qatnashchilariga va ayniqsa tanlov tashkilotchilariga o'zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Vaqt, mehnat va cheksiy asablarini sarflab shunday katta ko'lamdagi tanlov(haftalik)ni tashkillashtirib, dasturchilar, talabalar umuman yoshlar uchun o'ziga xos imkoniyatlar berishmoqda, ajoyib muhit yaratishmoqda! Va albatta bu mehnatlar o'z mevasini beradi va beryapti!!!

Albatta, bu tanlovda 3-o'rinni olishimizda saytimiz foydalanuvchilari, facebook sahifamiz, telegram kanalimiz va guruhimiz qatnashchilari va ayniqsa saytimizda o'z bilimlarini ko'rsatib, boshqalar bilan baham ko'rgan texnoman.uz sayti maqolalar mualliflari yordami va mehnatlari cheksiz bo'ldi. Va biz ulardan juda minnatdormiz! Bu g'alaba hammamizniki! Qolaversa, biz bu tanlovdan o'zimiz uchun kerakli xulosalar chiqardik, ba'zi bir juqa qiziq va foydali bo'lgan g'oyalar topdik. Kelajakdagi qiladigan ishlarimiz va harakatlarimiz rejalarini tuzdik. Va ularni asta-sekinlik bilan, qadamma-qadam amalga oshirishga harakat qilamiz. Va bunda Sizlarning yordamlaringizga va qo'llab-quvvatlashlaringa juda muhtojmiz!

Hurmat bilan,

Texnoman.uz jamoasi!!!

Ha aytgancha, bizning yutug'imiz:

/uploads/image/phone.jpg


Texnoman Jamoasi - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 2

boboy
boboy
Mylingvo jamoasi , Texnoman jamoasini ushbu g'oliblik bilan tabriklaydi :)
texnoman
texnoman
Texnoman jamoasi nomidan katta rahmat! Mylingvo jamoasini 1-o'rib bilan qutlaydi va kelajakda bundan-da yuqori chuqqilarni zabt etishni tilab qoladi!
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!