manba

«Telefon raqamlar katalogi» sayti g’oyasi

«Telefon raqamlar katalogi» sayti g’oyasi

Yaqinda O'zbekistonda birinchilardan bo'lib faqat telefon raqamlarni jamlashga ixtisoslashgan online katalog tashkil etish maqsadida ish boshladim. WordPress asosida Ulugov.uz saytiga o'xshash, ammo saytlar emas, telefon raqamlar katalogini yaratmoqchiman. Hozircha o'zbek saytlari ichida bunday xizmatni ko'rsatadigan sayt mavjud emas ekan. Xorijiy saytlardan bunday xizmatga misollar ko'p. Masalan: Canada411.

Sayt ko'rinishini chizish uchun dizaynerimizga quyidagi shartlarni yozib berdim:

TeleFunia.uz sayti – O'zbekiston Telefon Raqamlari Katalogi

1. Asosiy maqsad:
– O'zbekiton bo'yicha telefon raqamlari katalogini yaratish;
– Istalgan kishi/tashkilotga telefon raqamini joylashtirish imkonini berish;
– Foydalanuvchiga imkon boricha barcha sohadagi kishi/tashkilot raqamini oson topishga yordam berish;
– Telefon va sms xizmatlarini ko'rsatish (kelajakda);
– Telefoniyaga aloqador reklamalar joylashtirish (turli hajmlarda);
– Telefon va sms haqida blog yaratish.

2. Tashkilot yoki tadirkor:
– Saytga kiradi va hech qanday registratsiyasiz telefon raqamini joylashtira oladi;
– Telefon raqamdan tashqari kerakli ma'lumotlarni anketada yozadi:
> Tanlaydi: tadbirkormi, jismoniy shaxsmi, tashkilotmi;
> Yozadi: ism-sharifi, tashkilot nomi;
> Tanlaydi: Xizmat ko'rsatish sohasi (savdo, tibbiyot, transport…);
* Tanlaydi: Aniqroq ko'rsatilgan soha (Transport->Taksi, Transport->Gruzovik);
* Yozadi: mos soha bo'lmasa o'z sohasini kiritadi;
> Tanlaydi: telefon qilish mumkin bo'lgan vaqt (qaysi kunlar, soat nechi oralig'ida);
> Yozadi: qo'shimcha ma'lumotlar;
> Tanlaydi va yozadi: operator kodi va tel raqamini tanlaydi/yozadi;
> Spamdan ximoyalash uchun kapcha kodini kiritadi;
– Anketani saqlaganda ko'rsatilgan raqamga 4 raqamli kod boradi. Kodni kiritmaguncha anketa saqlanmay turadi;
– SMSda kelgan kodni yozadi va anketasini saqlaydi.
– Eski anketani tahrirlash uchun anketadagi nomerga SMS kod boradi. Kod to'g'ri yozilsa, anketani o'chirishi yoki o'zgartirishi mumkin bo'ladi. Registratsiya yo'q.

3. Oddiy foydalanuvchi:
– O'ziga kerakli telefon raqamlarni tez va oson topib olishi kerak;
– Istalgan telefon raqamga baho bera olishi kerak (yaxshi/yomon);
> Reytingli 5 ta yulduzcha asosida baho;
> Ko'rsatgan xizmatini baholab komment yoza olsin;
– Telefon raqamdan qo'ng'iroq qilishni so'rashi mumkin – CALL ME xizmati (kelajakda);

4. Sayt dizayni:
– Ploskiy dizaynda yorqin ranglar bilan, minimal;
– Sohalar va ichki sohalar, yo'nalishlar menyusi bo'lishi kerak (ulugov.uz saytidagiday ustun);
– Bosh sahifada mukammal qidiruv bo'lishi kerak:
> Jismoniy shaxslar, tadbirkorlar, tashkilotlar nomerlarni alohida qidirish filtri;
> Kompaniya bo'yicha, domashniy/sotoviy bo'yicha filtrlash;
> Sohalar bo'yicha filtrlab qidirish;
> Qaytib qo'ng'iroq qilish CALL ME xizmati borlar bo'yicha qidirish (kelajakda);
> Yaxshi reyting bahosiga egalar bo'yicha qidirish;
– Saytda kamida 3 ta reklama uchun joy bo'lishi kerak:
> 728×90 razmerli;
> 300×250 razmerli;
> 160×90 razmerli (ixtiyoriy);
– Sayt yuqori menyusida sayt bo'limlari, yon menyusida katalog bo'limlari bo'lsin;
– Sayt formalari Bootstrap 3 formalari ko'rinishida bo'lishi kerak;
– Iloji boricha minimal dizayn, ortiqcha hech narsa bo'lmasin;

5. Asosiy yuqori menyu:
– Bosh sahifa;
– Katalog;
– Blog;
– Biz haqimizda;
– Bog'lanish.

6. Katalog bo'limlari yon menyusi:
– Transport:
> Taksilar;
> Gruzoviklar;
> Katta yuk mashinalari;
> Maxsus trasportlar;
> Aravalar
– Savdo:
> Do'konlar;
> Supermarketlar;
> Bozorlar;
> Yakka sotuvchilar.
– Tibbiyot:
> Dorixonalar;
> Shifoxonalar;
> Med-Kompaniyalar;
– Xizmat ko'rsatish:
> Santexniklar;
> Chilangarlar;
> Oshpazlar;
> Tozalovchilar;
> Bekorchilar
– Ta'lim:
> O'quv kurslari;
> Repetitorlar;
> Maktablar;
> Oliygohlar.
– Va hokazo, va hokazo…

O'xshash saytlarni ko'rib chiqish kerak. Googleda «Phone Directory», «Online phonebook», «Телефонная книга» deb qidirish kerak.

Xullas, bu katalogning raqam joylashtirish xizmati tekin bo'ladi. Sayt reklamalardan foyda ko'radi. Keyinchalik CALL ME xizmati, saytning alohida ajratilgan joyida raqam ko'rsatish va boshqa takliflar orqali pul ishlash mumkin bo'ladi. Muhimi – o'z xizmatlarini xalqqa taqdim etuvchi tadbirkorlar, xizmatchilarga o'z raqamlarini bepul reklama sifatida katalogga joylashtirishga imkon berish. Katalog kelajakda juda ommalashishi va ko'pchilikka kerakli xizmatga aylanishi mumkin.

Tasavvur qiling, uyda muzlatkichingiz buzilib qoldi. Qisqa fursatda muzlatkichni sozlovchi ustani topishingiz kerak. Qo'shnilardan biror tanish ustaning raqamini so'rashdan oldin yuqoridagi shart asosida tayyorlanadigan katalogimizga kirishingiz va «Ustalar» bo'limidagi «Muzlatkich ustalari» ichidan o'zingizga eng yaqin bo'lgan usta raqamini bepul topishingiz mumkin bo'ladi. Bu Siz uchun ham qulay, imkon qadar ko'proq mijozlarga xizmat ko'rsatishni istovchi usta uchun ham juda ma'qul.

Saytga istalgan kishi telefon raqamini joylashtirishi mumkin. Ammo kimdir boshqaning raqamini uning ruxsatisiz saytga joylab qo'ysachi? Buning oldini olish maqsadida telefon raqam katalogga joylashtirilishidan oldin uning haqiqiyligini SMS kod orqali tekshiruvdan o'tkamoqchimiz. Anketa beruvchidan anketani saqlashdan oldin telefon raqamga kelgan SMS kodni kiritish talab etiladi. Kod yozilmasa, bu raqam katalogga joylanmaydi. Qanday qilib sayt orqali anketa to'ldirilgan vaqtning o'zida kiritilgan raqamga SMS yuborish mumkin? Bu uchun mobil aloqa operatorlarining biridan SMS Gateway xizmatini harid qilishimiz kerak bo'ladi. Ucell va Beeline operatorlari bilan bu masalada gaplashib, narxlarni aniqlashtirdim. Har bir SMS kod uchun tarif asosida pul to'lashimizga to'g'ri kelayapti. Boshqa kompaniyalar narxlari bilan ham tanishib chiqishimiz kerak.

Kimdir telefon raqamini katalogdan olib tashlamoqchi bo'lsa yoki unga o'zgartirish kiritmoqchi bo'lsa, buni SMS kod orqali tahrirlash bilan amalga oshirishi mumkin bo'ladi.

Kelajakda katalogga CALL ME xizmatini qo'shmoqchiman. Bu xizmatdan foydalanish katalogda telefon raqami joylashgan kompaniya va shaxslar uchun pulli bo'ladi. Ushbu xizmatdan foydalangan kompaniya yoki shaxs telefon raqmi yonida CALL ME xizmati tugmasi joylashtiriladi. Bu quyidagicha ishlaydi:

Siz o'zingizga kerakli usta raqamini topasiz. Raqam yonida CALL ME tugmasi bo'ladi. Unga bosganingizda telefon raqamingiz kiritilishi so'raladi. O'z raqamingizni kiritib, qayta qo'ng'iroq qilishga so'rov yuborishingiz mumkin bo'ladi. Shu zahoti usta raqamiga «9989xxxxxxxx raqamdagi mijoz Sizdan qaytib qo'ng'iroq qilishni so'rayapti. Iltimos, zudlik bilan unga qo'ng'iroq qiling!» mazmunidagi SMS boradi. Usta yangi mijozga shu zahoti qo'ng'iroq qiladi va ish yuzasidan kelishuvni amalga oshiradi. Bu qulaylik foydalari: Buyurtma beruvchilar o'zlari xizmat ko'rsatuvchiga qo'ng'iroq qilishmaydi, xizmat ko'rsatuvchilar ularga qo'ng'iroq qilishadi; Xizmat ko'rsatuvchi buyurtma beruvchilar uchun qulaylik yaratishga e'tibor qaratgan hisoblanadi; Xizmat ko'rsatuvchi telefonida bir vaqtda so'rov yuborilgan bir nechta buyurtma beruvchi raqami saqlanib qoladi (SMS ko'rinishida); Xizmat ko'rsatuvchining telefoni band bo'lganda buyurtma beruvchining asabi tejaladi.

Bu xizmatga vaqtni belgilashni ham kiritish mumkin. Qaytib qo'ng'iroq qilishni ma'lum bir vaqtda buyurtma berish ham mumkin bo'ladi. Bu holatda xizmat ko'rsatuvchiga «9989xxxxxxxx raqamdagi mijoz Sizdan 22-may soat 15:30 da qaytib qo'ng'iroq qilishni so'rayapti. Iltimos, ko'rsatilgan vaqtda unga qo'ng'iroq qiling!» mazmunidagi SMS boradi. Buyurtma beruvchi o'ziga qulay vaqtda o'ziga kerakli insondan qo'ng'iroq oladi.

Kimdir mendan oldin bu g'oya asosida sayt tashkil qilsa, men bundan faqat xursand bo'laman. Chunki hozircha O'zbekistonda bu xizmatga ixtisoslashgan sayt yo'q. Raqobat esa har qanday sohani rivojlantiradi. Shu maqsadda rejamni saytim foydalanuvchilariga oldindan oshkor qilishga qaror qildim.

Hozircha yuqoridagi rejalar mukammal emas. Kamchiliklari, xatolari ko'p. Agar Sizda qo'shimcha takliflar bo'lsa, quyidagi fikr bildirish tizimi orqali yozib yuboring. Albatta inobatga olamiz. Telefon orqali fikr va mulohazalaringizni aytishingiz ham mumkin: +998937982200.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 4

jahongirjet
jahongirjet
yaxshikuya, lekin GoldenPages, YellovPages va hokazoladan deyarli farqi yo'q hisobakande...
WinStyle
WinStyle
Karvon ko`p rizqi bo`lak...
generalboss
generalboss
to'g'ri gap.
generalboss
generalboss
Azamat aka bu saytda bormilar?
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!