manba

Startup Weekend: 54 soatda biznes g`oyadan haqiqiy kompaniyagacha

Startup Weekend: 54 soatda biznes g`oyadan haqiqiy kompaniyagacha

Toshkentda 27-29-aprel kunlari o`z g`oyalariga ega bo`lgan yoshlarni qo`llab quvvatlovchi Startup Weekend ilk marotaba o`tkazildi.

Bu haftalik 70 ga yaqin ishtirokchilarni, 17 ta mentorlarni va ta 4 hay`at a`zolarini o`z ichiga oldi. Startup Weekend tashkilotchilari va homiylari: MyTaxi, Ground Zero, Techstars, Super Dispatch, GoTaxi, Daryo, O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkilotlaridir.

Bu haftalik qatnashchilariga 54 soat davomida qanday qilib o`z g`oyasini rivojlantirish, biznes jarayonida bo`ladigan qiyinchiliklar, o`z guruhlarini qanday shakllantirish, vazifalarni to`g`ri taqsimlash, o`z mahsulotlarini prototipini tayyorlash haqidagi maslahatlar berib borildi.

Birinchi kuni qatnashchilar 1 daqiqa davomida o`z biznes g`oyalarini qisqacha tanishtirdilar. Barcha g`oyalar eshitilib bo`lingach, ovoz berish jarayoni o`tkazildi va eng ko`p ovozga ega bo`lgan 14 ta g`oya saralab olindi. Bu g`oya egalari o`z atrofida boshqa ishtirokchilarni o`z atrofiga yig`dilar, hamda o`sha kuniyoq vazifalarni bo`lishib oldilar.

Ikkinchi kuni esa ular o`z g`oyalari ustida ishladilar: Kimdir muammoni chuqurroq o`rganish uchun odamlar bilan savol-javob o`tkazgan bo`lsa, boshqalar o`z saytlari, dasturlari(mahsulotlari)ni boshlang`ich ko`rinishini yasashga kirishib ketdi. Har bir guruh bajargan ishlarini baholash uchun ularga mentorlar biriktirildi, ular avval har bir g`oyani eshitib ko`rishdi, hamda, o`z fikrlarini bayon qilishdi. Ba`zi guruhlar mentorlarning maslahatlaridan so`ng, turli xil o`zgartirishlar kiritishdi, g`oyalarini rivojlantirishga to`sqinik qilayotgan ba`zi savollarga javob topishdi. Bir so`z bilan aytganda, ikkinchi kun- biznesda bir yilda qilinadigan ishlarni rejalashtirish, qanday vazifalar bajarish haqida oz bo`lsada tasavvurga ega bo'lish uchun asos bo`lib xizmat qildi.

Uchinchi kuni esa, guruhlar o`zlari qilgan ishlarni xulosasi sifatida prezentatsiyalar qilishdi. Endi ular o`z g`oyalari haqida 1 daqiqa emas, balki 5 daqiqa davomida to`liq, barcha detallarini hisobga olgan holda gapirib berishlari lozim edi. Keyingi 3 daqiqa esa, hay`at a`zolari bilan birga bo`lgan savol javobni o`z ichiga oldi. Quyida siz birinchi kuni saralangan va prezentatsiya qilingan 14 ta g`oya haqida qisqacha tanishib chiqishingiz mumkin:

1.OQ (Online queue) - onlayn navbatda turishni tartibga soluvchi sayt va dastur;

2. Guide Me - sayyohlar uchun O`zbekiston shaharlari haqida amaliy ma`lumotlar beruvchi mobil dastur;

3. SWAP - o`zbek bloggerlari va reklama beruvchilarni bog`lovchi platforma;

4.GreenGena - tozalash xizmatini ko`rsatuvchilar va shu turdagi xizmatdan foydalanish istagida bo`lganlarni bog`lovchi veb-sayt;

5.Cookers - Sizning ta`bingizga mos keluvchi ovqatlar va ular uchun kerakli masalliqlarni hisoblovchi dastur;

6.KujoGo - shahar bo`ylab borishga arzigulik joylar va tadbirlar haqida ma`lumot beruvchi dastur;

7.Tasker - Rahbarlar uchun vazifalarni tartibga soluvchi telegram bot;

8.Any Toys - Yosh bolali oilalar o`rtasida o`yinchoq almashish imkonini beruvchi dastur;

9.Epistem - Robototexnika va dasturlashga mo`ljallangan o`quv markazi;

10.HiCA(Hi Central Asia) - O`rta Osiyo shaharlari va u yerda bo`layotgan voqea-hodisalar, tadbirlar haqida ma`lumotlar beruvchi dastur;

11.CookBook - noodatiy va ekzotik taomlar retseptlari va ular tayyorlanish jarayoni haqida ma`lumot beruvchi dastur;

12.EVI - abiturientlar uchun onlayn o`quv kurslari;

13.Go Green - shahar ifloslanishiga qarshi ishlab chiqilgan aqlli axlat qutilari loyihasi;

14.Chego - siz joylashgan joy yaqinida yuz berayotgan tadbirlar haqida ma`lumot beruvchi veb-sayt.

Qatnashuvchilar shu kunlar davomida o`z kompaniyalarini tuzishdi, juda ko`plab do`stlar orttirishdi va biznes haqida boshlang`ich bilimga ega bo`lishdi.

Sizchi, dam olish kunlari nima bilan mashg`ul bo`ldingiz?

https://t.me/bizham


Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!