manba

Startapning biznes-modeli nima?

Startapning biznes-modeli nima?

Startaplar haqidagi rukn bo'yicha birinchi maqolalarimizdan birida startaplarga biznes-reja kerak emasligi to'g'risida aytib o'tgandik. Katta hujjatning o'rnini loyihaning biznes-modeli egallaydi (rasmga qarang).

Har bir punktga keyingi maqolalarimizda alohida to'xtalib o'tamiz, hozir esa biznes-model haqida qisqacha ma'lumot beramiz.

Kompaniya biznes-modeli qimmatli mahsulotni yaratish va foyda olishda kompaniya qo'llaydigan usuldir.

Monetizatsiya — biznes-modelning tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, "Loyiha qanday pul ishlab topadi?" — degan oddiy savolga javob beradi. Agar loyihangiz pul keltirmasa, uni startap deb atab bo'lmaydi.

Biznes-rejani biznes-model bilan almashtirish g'oyasini Aleksandr Ostervalder taklif qilgan. Uning uslubidan startaplar ham, Google, IBM, Ericsson kabi dunyoning eng yirik kompaniyalari ham foydalanadi. Muallif foyda olishning asosiy yo'llarini ochib beruvchi asosiy elementlarni ko'rgazmali tarzda namoyish etishning sodda va tushunarli usulini taklif qildi.

Biznes-model kompaniyaning missiyasi, strategiyasi va pul oqimlari rejasidan muhimroqdir. Bu sizning raqobat bilan bog'liq ustunligingiz asosidir. Biznes bilan shug'ullanuvchilar uchun juda foydali bo'lgan mana bu kitobni o'qib ko'ring.

Keyingi maqolalarda startaplar uchun eng yaxshi biznes-modellar haqida gapirib beramiz.

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!