manba

Startap uchun jamoani qanday topish mumkin?

Startap uchun jamoani qanday topish mumkin?

Sizda g'oya paydo bo'lib, uni amalga oshirishga kirishganingizdan keyin qilish kerak bo'lgan birinchi narsa — hamta'sischini topish. Barchasini mustaqil ravishda qilishga urinib o'tirmang: malaka va vaqtingiz yetarli bo'lmaydi.

Aslida, bir nechta loyihalarni amalga oshirib, muvaffaqiyat qozongan biznesmenlar fikricha, startap jamoasida turli mas'uliyatga ega bo'lgan 2—3 nafar asoschi bo'lishi kerak. Birinchi asoschi marketing, savdo va biznesni rivojlantirishni (business development) yaxshi bilishi kerak. Ikkinchisi — CTO (Chief Technical Officer) yaxshigina texnik bekgraund va profilli ish tarixiga ega bo'lishi kerak.

Asoschilarda hamkorlikda ishlash bo'yicha tajriba bo'lsa — bu juda katta yutuq. Siz birgalikda ishlash chog'ida o'zingizni qulay his qilishingiz, mayda-chuydalar uchun janjallashmasligingiz hamda loyihaga umumiy nazar bilan qarashingiz kerak. Asoschilarda startap g'oyasiga nisbatan qiziqish bo'lishi kerak.

O'zbekistonda startap uchun jamoalarni qayerdan topish mumkin?Barchamizga ma'lumki, bizda IT sohasida malakali kadrlar juda kam.

  • Profilli tadbirlarga boring. Barchani har oyda o'tkaziladigan Startup Mixanjumaniga taklif qilamiz. U yerda 150 nafar tinglovchi orasidan jamoangizga to'g'ri keladigan kishilarni topishingiz aniq. Dasturchilarni esa bizda yaqinda o'tkazila boshlagan xakatonlarda topish mumkin.
  • Facebook'dan foydalaning, ish qidirish bo'yicha profil guruhlariga, startaplar haqidagi guruhlarga (Tashkent Developers Jobs) qo'shiling. Masalan, bizda O'zbekistondagi startaplarga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilinadigan guruh bor. A'zo bo'ling, investor topish mumkin!

Umuman olganda, anjuman va mitaplarda qiziqarli kishilar bilan tanishishingiz, ekspertlardan maslahatlar olishingiz, qimmatli xodimlar, kofaunderlar, mentorlar, va hatto investorlarni topishingiz mumkin.

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi:http://rusbase.com/howto/gde-najti/

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!