manba

Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin?

Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin?

StartupFactory.uz'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Startap uchun g'oyani qayerdan topish mumkin?" — degan savolni ko'p so'rashadi. Odamlar o'zlari arzirli narsa o'ylab topa olmagani uchun bir-ikkita g'oyalarni tavsiya qilishni so'raydi.

Kremniy vodiysining taniqli siymolaridan biri, Lean Startup va Customer Development metodologiyasi hammualifi Pol Grem yozganidek, "Startap uchun g'oya topishning eng yaxshi yo'li — u haqda o'ylamaslik. Muammoni toping, u o'zingizda bo'lsa, yana-da yaxshi".

To'qima muammolarni hal etadigan foydalanuvchilarning o'ylab topilgan g'oyalardan iborat startaplari muvaffaqiyat qozonmaydi.

Nima uchun o'zingizda bo'lgan muammo ustida ishlash bunchalik muhim? Buning sabablaridan biri — muammo haqiqatda mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish. Hech kimda bo'lmagan muammoni yechishga urinish — startaplar tomonidan ko'pincha amalga oshiriladigan xatodir. Qandaydir mahsulot yoki yechimning yo'qligini o'zingiz sezishingiz kerak. Muammongiz yechimi uchun pul to'lashga tayyor bo'lishingiz kerak.

Nima uchun bunchalik ko'p faunderlar hech kimga kerak bo'lmagan loyihalarni yaratadi? Chunki ular begona fikr va takliflarga asoslangan holda g'oya o'ylab topishga urinishdan boshlaydi.

Yon-atrofingizga boqing, qaysi sohada o'zingizning va boshqalarning hayotini yaxshilay olgan bo'lardingiz — shu haqda o'ylab ko'ring. Click mobil banking g'oyasi aynan shu tariqa vujudga kelgan: g'oya mualliflari to'lov qabul qilish punktiga borgandan ko'ra, telefon va sayt orqali to'lash ancha qulay ekanligini tushungan. MyTaxi va Taxi.uz g'oyasi ham aynan shu tarzda yuzaga kelgan: odamlar operatorga qo'ng'iroq qilib, qayerda ekanligini yarim soat tushuntirgandan ko'ra, xaritadagi lokatsiyani belgilab, taksini smartfon orqali chaqirish qulayroq ekanligini anglagan.

E'tiborli bo'lishni o'rganing. Atrofingizdan yaxshi ishlanmagan yoki noqulay narsalarni qidiring va uni qay tarzda yaxshilay olishingiz haqida o'ylab ko'ring.

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://megamozg.ru/post/1782/

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!