manba

Startap bozor va raqobatchilarni qanday tahlil qilishi kerak?

Startap bozor va raqobatchilarni qanday tahlil qilishi kerak?

Rossiyalik investor Arkadiy Moreynisning yana bir maqolasini qisqacha mazmunda keltiramiz.

"Noyob g'oyalar yo'q" degan oddiy fikrdan boshlaymiz. Agar sizga g'oyangiz noyob bo'lib tuyulsa, bu quyidagilardan birini anglatishi mumkin:

  • siz yaxshilab qidirmagansiz;
  • raqobatchilaringiz aslida kimligi haqida yaxshi tasavvurga ega emassiz;
  • buni amalga oshirishga intilib ko'rgansiz, biroq u muvaffaqiyat qozonmagan.

Qiziq bir misolni ko'rib chiqamiz. Aytaylik, bir kishi kelib: "Noyob bir narsani o'ylab topdim. Bu besh oyoqli kursi. Qarang, rostan ham raqobatchilar yo'q. Hech kim bunday kursilarni ishlab chiqarmaydi. Men esa ularni yasayman va jahon bozoriga chiqaman, chunki raqobatchilar yo'q", — deydi. Balki hozircha hech kim besh oyoqli kursi chiqarmas. Biroq bu buyumning raqobatchilari bormi? Aslida, bor. Xo'sh, kim u raqobatchilar? Oddiy to'rt oyoqli kursi ishlab chiqaruvchilar.

Raqobatchilar tahlili startap asoschilari "yaroqliligi"ni tekshirib ko'rishning juda yaxshi usulidir, u orqali o'z g'oyasini, mahsulot va bozorni tushunish qobiliyati osongina aniqlanadi.

Raqobatchilarni bozordagi imkoniyat va istiqbollarning quyidagi belgilariga ko'ra tahlil qilish mumkin:

  • Yaxshi investitsiyalarni qo'lga kiritgan yirik ishtirokchilari bo'lgan bozor. Bu kompaniyalarda pul qolmagunicha, ushbu bozorga suqilmagan ma'qul. Bu o'yin kimda pul ko'pligi bo'yicha o'ynaladi.
  • Yetuk va tan olingan yetakchilari bo'lgan bozor. Keng bozorda yetakchi yagona ekanligi va o'yinchilar kamligi bu bozorga kirish mumkinligidan darak bermaydi, aksincha, u bozorning o'ta darajada barqarorlashib, unga kirish deyarli noreal bo'lib qolganini bildiradi.
  • Agar barqaror bozorda mayda ishtirokchilar ko'p bo'lsa, bu ushbu bozorda yetarli miqdorda pul yo'q demakdir.
  • Bozorlarning to'rtinchi turi — bir nechta mayda o'yinchidan iborat yangi bozorlar. Baliqni shu yerda tutish kerak. Bunday bozorlar o'sib ketishi (siz bilan birga) va katta barqaror bozorlarga aylanishi mumkin.

Biroq g'oyangiz, ishlab chiqarishga urinib ko'rmoqchi bo'lgan mahsulotlar variantlari, va asosiy maqsad — bu bozorda odamlar sotib oladigan narsalarni sotish bo'yicha aniq tushunchaga ega bo'lsangizgina, bozor bilan birga o'sish mumkin.

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!