manba

Shaharni startaplar markaziga aylantirish usuli Tel-Aviv misolida

Shaharni startaplar markaziga aylantirish usuli Tel-Aviv misolida

Tel-Aviv tezlik bilan eng muvaffaqiyatli startap-ekotizimlardan biriga aylandi, u yaqinda bu yo'nalishda dunyoda beshinchi, AQShdan tashqarida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Nisbatan ancha yosh bo'lgan ushbu shahar sanoqsiz biznes turlari uchun unumdor yerga aylandi. Tel Aviv Global kompaniyasi direktori Xila Oren o'ziga xos muhitni yaratish va innovatsiyalarni joriy qilish uchun qanday choralarni qo'llagani haqida gapirib berdi.

Axborot bilan bo'lishing

Axborot — ko'pchilik yosh startaplar hayoti uchun eng zarur narsadir. Mahalliy hukumat organlari shunchalik katta hajmdagi ma'lumotlarga egaki, ko'pincha biz ularni o'zlashtira olmay qolamiz, biroq ularni to'plashimizga to'g'ri keladi. Bu axborotning qiymati baland emas, ammo biz uni dasturchi va tadbirkorlar bilan bo'lishsak, juda yaxshi startap paydo bo'lishi mumkin. Dunyoning har qanday shahrida buni amalga oshirish mumkin, kelajakda esa ushbu innovatsion g'oyalar yordamida shahar muammolarini hal etish mumkin.

Hamkorlikda ishlang va bir-biringizga yordamlashing

Biz shahar moliyaviy ko'magida tadbirkorlar g'oyalar va g'ayrat-shijoat bilan o'zaro bo'lisha oladigan uchta kovorkingni ochib, butun shaharda hamkorlik va o'zaro ko'maklashuv muhitini yaratishga urinib ko'rdik. Bu ekotizimga qanday ta'sir qilganini ko'rdik: akseleratorlar, kovorkinglar va innovatsion markazlar o'sishi so'nggi uch yil ichida 138 foizga oshdi.

Ko'maklashing

Shahar hayotining jo'shqinligi va boshqa barcha afzalliklariga qaramay, ko'pincha u bizga qimmatga tushadi. Ijara haqining qimmatligi yoki, hatto, oddiy mashina qo'yadigan joyning yo'qligi tadbirkorni to'xtatib qolishi mumkin. Bu muammoni hal etish uchun, Tel-Aviv do'kon ochmoqchi bo'lgan tadbirkorlar va startaplarga shahar soliqlari uchun imtiyozlar taklif qiladi (masalan, ofislar ijarasi uchun soliqlarni kamaytirish).

Tan oling, Toshkentda ham startap-ekotizimlarni rivojlantirish bo'yicha bunday ishlarni boshlash mumkin.

Maqolani tayyorlashqa quyidagi manbadan foydalanildi: http://digitalsetter.me/

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!