manba

O‘zbekistondagi trend: texnika internet-do‘konlari

O‘zbekistondagi trend: texnika internet-do‘konlari

Toshkentda maishiy texnikani qayerdan xarid qilish mumkin? "Malika", "Abu Saxiy" savdo rastalari, MediaPark savdo markazlaridanmi yoki uydan chiqmasdan, internet-do'konlardanmi?

So'nggi olti oy ichida O'znetda maishiy texnikani saytdan tanlash va buyurtma qilish imkonini beruvchi bir qancha qiziqarli loyihalar paydo bo'ldi.

  • Home24.uz o'zini uy uchun nafaqat texnika, balki gazlama, santexnika, bezaklar, idish-tovoqlar, elektron uskunalar va boshqa ko'plab buyumlarni sotib olish mumkin bo'lgan onlayn-gipermarket deb ataydi. Afsuski, saytda ko'rsatilgan bo'limlarning ba'zilari bo'm-bo'sh. To'lov esa onlayn tarzda emas, tovar yetkazib berilganida amalga oshiriladi. Biroq bizdagi internet-do'konlarning ko'pchiligida bunday hol kuzatiladi. Saytdan xarid qilishning to'liq sikli faqat ba'zi loyihalardagina mavjud (ular haqida keyingi maqolalarda batafsil so'zlab beramiz).
  • Hometeq.uz faqat texnikaga yo'naltirilgan (loyiha esa nafaqat sayt, balki Toshkent bo'ylab do'konlar tarmog'i sifatida ham taqdim etilgan). Bu saytda ham onlayn to'lov yo'q, tovar pulini uni qo'lga olish chog'ida to'lash mumkin.
  • Ko'pchilik Megamall.uz loyihasini biladi — u ancha avvalroq ish boshlagan bo'lib, e'lonlar taxtasi va do'kon vitrinalari aralashmasi ko'rinishidadir. Sotuvchilar e'lonlar joylaydi, faqat shunisi achinarliki, narxlar doim ham aktual emas.
  • Media Park savdo markazi sayti tushunarsiz bo'lib chiqdi — assortiment yaxshi, biroq narxlari yo'q. Umuman. Avval narxlarni ko'rib, so'ng do'konga borish mumkin emasmi? Funksional bo'lmagan bunday saytdan ma'ni bormi?

Maqolada bozorda faoliyat olib borayotgan loyihalarning barchasi ham keltirilmagan. Texnikani kreditga beradigan internet-do'konlar (Credit Asia, Technomart), RealTech do'koni, texnika katalogi (http://dect.uz/) va hokazolar ham bor.

Siz yana qanday texnika internet-do'konlarini bilasiz?

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 1

joqqi
joqqi
Bu saytlarning ko'p yopilib ketibdi!
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!