yangi

Node.js #1. O'rnatish va "Hello world" dasturi

Node.js #1. O'rnatish va "Hello world" dasturi

Salom! Node.js platformasida dastur yozishni boshlaymiz. Node.js haqida ma'lumotga ega bo'lmasangiz, Node.js haqida maqolasini o'qib chiqishingizni maslahat beraman. Unda keyin esa ushu bu maqolaga o'ting.

Ho'sh nima qilish kerak?

Avvalo Node.jsni o'zingizning kompyuteringizga o'rnatishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun rasmiy saytga kirib: http://nodejs.org . Eng oxirgi versiyani yuklab olishingiz kerak bo'ladi. Rasmiy saytda Windows, Linux, Mac operatsion tizimlari uchun ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi. Windows, Mac operatsion tizimlarida bexato o'rnatiladi. Agar sizda Linux bo'lsa (menda ham Linux) terminal orqali o'rnatganingiz maqul. Buning uchun terminalda:

sudo apt-get install nodejs

Shu tarqida linuxga Node.js o'rnatib olishingiz mumkin. Aslida Linuxga Node.js o'rnatish alohida mavzu, bunga keyinchalik to'xtalamiz.


O'z kompyuterizga o'rnatib bo'lganingizdan so'ng. Komondny stroka (cmd)ga kirib Node.js versiyasini tekshiramiz. Buning uchun:

node --version

shunda kompyuterizga o'rnatilga versiyasini ko'rsatib berishi kerak.

Mening Linux kompyuterimda 4.2.3 versiyasi o'rnatilgan.

Node.jsda birinchi dasturingizni tuzishga tayyormisiz?

Ana endi dastur tuzishni boshlaymiz!

  1. O'zimiz yaratgan dasturlarni saqlamoqchi bo'lgan direktoriya(papka)ga o'tamiz.
  2. app.js fayliga, huddi JavaScriptdagiday console.log(); yozamiz :)

Matn muharrida yozamiz. Sezgan bo'lsangiz menda Vim . Siz esa hohlagan math muharrini ishlatishingiz mumkin. Masalan Sublime Text, Notepad++, Atom, WebStrom yoki oddiygina Bloknot ham ishlatishingiz mumkin.

Yozib bo'lganingizdan so'ng uni ishga tushurish uchun komandy stroka(cmd)dan papkamizga o'tamiz va quyidagi komanda yozamiz:

node app.js

Shunda biz yozgan kodlar ishga tushadi:

Agar sizda ham shunday natija chiqsa:

Tabriklayman!!! Endi siz Node.js dasturchisizi!!! Agar o'xshamasa qayta harakat qilib ko'ring :)

Keyingi maqolalarda esa Node.jsni o'rganishni davom ettiramiz!

nodejs helloWorld 25-Dekabr 06:56 3389

Mamatxalilov Farrux - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Mamatxalilov Farrux dasturchi


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 4

WinStyle
vejon
Davomi uchun rahmat. Skrinshotlarda yashirin reklama borakan. Qoyil, davomini kutib qolamiz.
WebStyle
WebStyle
Yoge. Lekin buni reklama deb ham atab bo'lmaydi :)
lolomoney
lolomoney
Assalom alaykum bu saytga http://nodejs.org kirdim bu yerda 2 hil LTS va Stable versiyalarini download qilish imkoniyati bor ekan bularning qaysi birini olib windows da ustovka qilish kerak bo`ladi bu haqida ma'lumot bersangiz va bu ikkisining farqi
WebStyle
WebStyle
LTS tanglang. LTS - Long Time Support degani. yani uzoq vaqt qo'llab quvvatlashga ega boladi
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!