manba

Linux Mint distributivida Telegram o'rnatish

Linux Mint distributivida Telegram o'rnatish

Telegram messenjeri, ehtimol, aloqa va fayllarni uzatish uchun eng mashhur dasturdir. Linux Mint distributivida Telegram-desktop paketining ikki versiyasi mavjud: odatdagi paket va Flatpak. Flatpak bu muayyan Linux distributiviga bog'liq bo'lmagan va maxsus konteynerda ishlaydigan grafik dasturlar uchun o'ziga xos paket. Oddiy paket yaxshi ishlaydi. Agar oddiy paket bilan muammolar bo'lsa, Flatpak paketini o'rnatishingiz mumkin. Flatpak paketining o'lchami juda katta, chunki u barcha kerakli fayllarni va kutubxonalarni o'z ichiga oladi. Har ikki versiya ham dastur menejeri orqali o'rnatiladi. Qidirish satrida telegram yozamiz va O'rnatish (Установить) tugmasini bosamiz.

Qo'shimcha paketlarni o'rnatish lozimligi haqida ogohlantirish oynasi ko'rsatiladi.

Davom ettirish (Продолжить) tugmasini bosamiz. Foydalanuvchi parolini kiritish uchun oyna ochiladi.

Parolni kiritamiz va Autentifikasiya qilish (Аутентифицировать) tugmasini bosamiz. Telegram o'rnatiladi va ishga tushirish tugmasi paydo bo'ladi.

Keyin Telegram dasturini avtomatik ravishda ishga tushirish uchun uni avtoyuklanishga qo'shib qo'yishingiz mumkin. Avtoyuklash (Автозагрузка) modulini ishga tushiramiz.

Qo'shish > Dasturni tanlash (Добавить > Выбрать приложение) tanlaymiz.


Dasturlar ro'yxatidan Telegram Desktop tanlaymiz va Dasturni qo'shish (Добавить приложение) bosamiz. Ro'yxatda yangi element paydo bo'ladi.

Telegram dasturini ishga tushiramiz va foydalanamiz.


Manba:


Almasov Umidjon - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Almasov Umidjon


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!