manba

№12 Dars - Yiining Gii generatori orqali model va controller hosil qilish.

№12 Dars - Yiining Gii generatori orqali model va controller hosil qilish.

Masalaning qo`yilishi: Yiining Gii generatoridan foydalanib model va controller hosil qilish.

Masalani yechilishi: Buning uchun biz birinchi navbatda "yiitest" degan ma`lumotlar ombori yaratamiz va uning ichida posts degan jadval yaratamiz. Agarda o`zimizning ma`lumotlar omborimiz bo`lsa unda o`shaning ichida jadval hosil qilamiz. Bu jadvalimiz o`z ichiga 3 ta ustunni oladi. Bular id, title va content.

CREATE TABLE posts (
    id INTEGER NOT NULL PRIMARY KEY AUTO_INCREMENT,
    title VARCHAR(100),
    content TEXT
);

Keyin web ilovangizdagi protected/config/main.php fayldagi ushbu kodni yozamiz. Bu kod odatda izoh holatida bo`ladi.

'db'=>array(
'connectionString' => 'mysql:host=localhost;dbname=testdrive,
'emulatePrepare' => true,
'username' => 'root',
'password' => '',
'charset' => 'utf8',
),

dbname dagi "testdrive" o`rniga siz o`zingiz yaratgan ma`lumotlar ombori nomini yozasiz, ya`ni "yiitest". Yuqoridagi kodimiz ma`lumotlar ombori bilan bog`lanish imkonini yaratadi.

Ma`lumotlar omboridagi har bir jadvalga mos yiida CActiveRecord classi ostida model yaratilishi maqsadga muvofiqdir. Jadvalning modeli bo`lmay turib u bilan ishlab ketib bo`lmaydi (ya`ni qiymatlar olish, berish kabi ishlar). Yiida Gii tehnologiyasidan foydalanishda "main" faylimizdagi quyidagicha kodni izohdan chiqarishimiz kerak bo`ladi.

'gii'=>array(
'class'=>'system.gii.GiiModule',
'password'=>'your password to access gii',
'ipFilters'=>array('127.0.0.1','::1'),  
),

'password' - Gii texnologiyasiga kirishda berilgan password orqali bajariladi.

'ipFilters' - ip bo`yicha kirish xuquqi (bu yerda local ip, o`zingizgagina kirish huquqi).

Kodlarimizni sozlaganimizdan keyin ushbu havola: http://localhost/yiitest/index.php?r=gii

bo`yicha Gii modulimizga kirishimiz mumkin. Belgilangan password bo`yicha kirasiz.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!